[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Whistle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Whistle“
Blackpink qoʻshigʻi
„Square One“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 8-avgust, 2016-yil(2016-08-08)
Janr
Davomiyligi 3:32
Leybl YG Entertainment
Lirik ijodkor(lar)
Prodyuser(lar)
  • Teddy Park
  • Bekuh Boom
  • Future Bounce
Blackpink singllari xronologiyasi
Whistle
(2016)
„Boombayah“
(2016)
Klipi
"Whistle" YouTubeda

Whistle“ (tarjimasi: „Hushtak“) — Janubiy Koreyaning „Blackpink“ qizlar guruhi tomonidan yozilgan qoʻshiq. U „YG Entertainment“ kompaniyasi ostida 2016-yil 8-avgustda „Boombayah“ treki bilan bir vaqtda chiqarilgan; ikkala qoʻshiq ham guruhning „Square One“ (2016) nomli ilk singl albomi tarkibiga kiradi. Qoʻshiqning akustik versiyasi guruhning ikkinchi singl albomi „Square Two“ (2016) ga kiritilgan. „Whistle“ „YG Entertainment“ hamkorlari Teddy Park, Bekuh Boom va Future Bounce tomonidan yozilgan va ishlab chiqarilgan, qoʻshimcha soʻzlari „iKon“ hamkor leybli ostida faoliyat yurituvchi B.I reperi tomonidan yozilgan. Musiqiy jihatdan, qoʻshiq „jarangli“, „ekzotik“ hip hop ohangi bilan birga baraban va bass janridan iborat boʻlib, trekda yurak urish ritmi va hushtaklarni eshitish mumkin.

Yaratilish tarixi va kompozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 29-iyun kuni „YG Entertainment“ kompaniyasi „Blackpink“ nomli toʻrt aʼzodan iborat qizlar guruhi debyutini rasman tasdiqladi, bu agentlikning „2NE1“ guruhining tashkil etilganidan beri yetti yil boshqa qizlar guruhinining yaratilishi edi[1]. 6-iyul kuni guruh YouTube dagi rasmiy kanaliga oʻzining birinchi raqs amaliyoti tasvirlangan videosini joylashtirgan, bu esa guruhning potentsial uslubi va kontseptsiyasi bilan jamoatchilik eʼtiborini tortgan[2]. 29-iyul kuni „YG“ „Blackpink“ning debyuti 8-avgustda boʻlib oʻtishini eʼlon qilgan[3]. 6-avgust kuni „Whistle“ „Boombayah“ bilan birga ularning „Square One“ debyut singl albomi uchun ikkita titul treki ekanligi maʼlum boʻldi[4]. Ikkala singl 2016-yil 8-avgustda bitta albom bilan birgalikda rejalashtirilganidek chiqarilgan. Qoʻshiqning yaponcha versiyasi guruhning 2017-yil 29-avgustda „YGEX“ leybli tomonidan chiqarilgan birinchi yapon mini-albomining bir qismi sifatida kiritilgan[5].

Mukofotlar va nominatsiyalar
Yil Mukofot Mukofot Natija havl.
2016 Mnet Asian Music Awards Eng yaxshi musiqiy video Gʻolib [6]
Golden Disc Awards Eng yaxshi raqamli qoʻshiq (Bonsang) Nominatsiya [7]
2017 Gaon Chart Music Awards Yil qoʻshigʻi — avgust Nominatsiya [8]
Musiqiy dasturi mukofotlari
Dastur Sana (jami 3 ta) Havl.
Inkigayo 2016-yil 21-avgust [9]
2016-yil 11-sentyabr [10]
M Countdown 2016-yil 8-sentyabr [11]

„Whistle“ musiqiy klipi „VM Project Architecture“ kompaniyasi ostida faoliyat yurituvchi Beomjin J tomonidan rejissyorlik qilgan va „Blackpink“ning YouTubeʼdagi rasmiy kanali orqali 2016-yil 8-avgustda chiqarilgan[12][13]. Besh kun ichida u qariyb oʻn million tomoshadan oshgan[14]. „Whistle“ xoreografiya amaliyoti videosi 2016-yil 18-avgustda chiqarildi[15]. 2020-yil 20-iyun holatiga koʻra, video 500 million marta koʻrilgan[16]. 2020-yil 30-dekabr holatiga koʻra, videoklip 600 million tomoshadan oshgan. Klip Mnet Asian Music Awards 2016 da „Yilning eng yaxshi klipi“ nominatsiyasida taqdirlangan[6].

„Blackpink“ 2016-yil 14-avgust kuni „Inkigayo“ koʻrsatuvi kabi Janubiy Koreyaning musiqiy dasturlarida paydo boʻla boshlagan, bir hafta oʻtib „Whistle“ treki uchun dastur kubogini qoʻlga kiritgan. „Blackpink“ bunday muvaffaqiyatga eng tez erishgan qizlar guruhiga aylangan[17].

Xit-paradlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Whistle"
(2016-17) Yuqori
pozitsiya
Finlandiya bayrogʻi Finlandiya Download (Latauslista)[18] 24
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi (Gaon Digital Chart) 1
AQSH bayrogʻi AQSh (World Digital Songs) (Billboard) 2
"Whistle (Akustik)"
(2016) Yuqori
pozitsiya
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi (Gaon)[19] 88
(2016) Yuqori
pozitsiya
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi (Gaon) 1
  1. Gil. „YG新걸그룹은 4인조 '블랙핑크'..최종멤버 이미 밝힌 4인“ (koreyscha). Star News (29-iyun 2016-yil). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  2. „YG, '데뷔 임박' 블랙핑크 첫 완전체 안무영상 공개“ (koreyscha). Naver. Sports Donga (2016-yil 6-iyul). 9-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  3. Jin. „YG's new group BlackPink debuts in August“. Korea JoongAng Daily (29-iyul 2016-yil). 31-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
  4. „Blackpink's Other Title Song is a Sexy Hypnotizing Song Titled "Whistle"“. YG Life (6-avgust 2016-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  5. „Blackpink - EP by Blackpink“. Apple Music. Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  6. 6,0 6,1 Lee. „2016 MAMA award winners“. The Korea Herald (4-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2019-yil.
  7. Mehta Ankita. „Golden Disk Awards 2017: First lineup, hosts and complete list of nominations revealed“. International Business Times (3-yanvar 2017-yil). 2018-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2019-yil.
  8. Yoon. „EXO, BlackPink, Twice win big at Gaon Awards“. The Korea Herald (24-fevral 2017-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2019-yil.
  9. „데뷔 2주만에 '인기가요 1위' 차지한 블랙핑크 '휘파람' 영상“ (koreyscha). Insight (21-avgust 2016-yil). Qaraldi: 7-iyul 2018-yil.
  10. „'인기가요' 블랙핑크, '휘파람'으로 가요계 1위 점령…벌써 '굿바이 무대'“ (koreyscha). Asia E (12-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 7-iyul 2018-yil.
  11. „'엠카운트다운' 블랙핑크, 방송 안 나와도 한동근 누르고 '1위'“ (koreyscha). Sedaily (8-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  12. Blackpink – '휘파람'(Whistle) M/V.
  13. Blackpink – '붐바야'(Boombayah) M/V.
  14. „Blackpnk's View Count For "Boombayah" Soars Past 10 Million Views“. Naver (12-avgust 2016-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2016-yil.
  15. Blackpink – '휘파람 (Whistle)' Dance Practice Video.
  16. Chung. „Blackpink's 'Whistle' music video hits 500 million views“ (inglizcha). Korea JoongAng Daily (21-iyun 2020-yil). Qaraldi: 15-iyun 2021-yil.
  17. „VIDEO: Blackpink hits a new milestone with 1st 'Inkigayo' win“. SBS PopAsia. Qaraldi: 14-fevral 2018-yil.
  18. "Blackpink: Whistle" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland. Qaraldi: 15-dekabr 2019-yil.
  19. „2016년 45주차 Digital Chart“ [Digital Chart – Week 45 of 2016] (koreyscha). Gaon Music Chart (october 30 – november 5, 2016). 30-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2019-yil.