Wang Dalei
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Wang Dalei | ||
Tavallud sanasi | 10-yanvar 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Dalian, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shandong Luneng | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003—2005 | Dalian Tielu | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006 | Shanghai United | 21 | (0) |
2007—2013 | Shanghai Shenhua | 141 | (0) |
2014 | Shandong Luneng | 190 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004—2005 | Xitoy U-17 | ||
2006—2011 | Xitoy U-23 | ||
2012 | Xitoy | 27 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 4-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 11-iyun uchun) |
Wang Dalei (talaffuzi: Van Da Ley) (1989-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻn yetti yoshda boʻlishiga qaramay, Van Daley futbolchilik faoliyatini " Shanghai United "da boshlagan va 2006-yilning 11-martida „Inter Xian“ga qarshi oʻyinda (1:1) klubdagi debyutini oʻtkazgan. Bu natija uni Xitoy futboli tarixidagi eng yosh professional darvozabonga aylantirgan. U tezda oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatib, jamoaning asosoiy oʻyinchisiga aylangan[1]. Wangga A Seriyaning „ Internasionale“ jamoasi qiziqish bildirgan va uni yozgi taʼtilda ular bilan mashgʻulotlarga taklif qilishgan[2]. Wang Shanghaiga qaytib kelgan va u yerda klubning asosiy darvozaboni boʻlib, 2006-yilgi mavsum oxirida debyut mavsumida 22 oʻyinda maydonga tushgan. 2006-yilda Wang Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan[3].
Keyingi mavsumda „Shanghai United“ „Shanghai Shenhua“ bilan birlashgan va Wang sezilarlikatta jamoaning birinchi darvozaboni boʻlish uchun kurashishga majbur boʻlgan[4]. 2007-yilgi mavsum oxirida Premer-liga vakili „Manchester City“da bir qancha shanxaylik futbolchilar bilan birga sinovdan oʻtishga chaqirishgan[5]. Ligadagi tanaffus paytida Wang Eredivisie vakili PSV Eindhovenda sinovdan oʻtgan, ammo bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Wang klubning mavsumoldi oʻyinlarini oʻtkazib yuborgan va u Qiu Shengjiongga birinchi raqamli darvozabon rolni boy bergan. 2010-yilgi mavsumda oʻsha paytdagi bosh murabbiy Miroslav Blaževichning qarori bilan Wang yana klubning birinchi darvozaboni etib tayinlangan, ammo Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqiruv olganligi tufayli u mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan.
2013-yilgi ajoyib mavsumdan soʻng, Wang 2014-yil 1-yanvarda Xitoy Superligasi jamoasi „Shandong Lunen“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 7-martida Harbin Yitengga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U Shandong jamoasi bilan 2014-yilda Xitoy FA kubogini qo‘lga kiritgan va 2014-yil noyabrida Xitoy futbol assotsiatsiyasining „Yilning eng yaxshi darvozaboni“ mukofoti bilan taqdirlangan[6].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wang Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida 2004-yilgi Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan va 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir necha bor mashgʻulot oʻtkazgan. Biroq, u yakuniy tarkibdan chetlatilgan, chunki u oʻz oʻrnini Qiu Shengjiongga boy bergan. Shunga qaramay, Wang 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida jamoadagi oʻrnini qoʻlga kiritgan. Ammo, 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi tarkibida Yaponiyaga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida magʻlub boʻlishgan[7].
Wang Xitoy terma jamoasiga ilk bor 2006-yilning may oyida Shveysariya va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun chaqiruv olgan. U terma jamoadagi debyutini olti yil o‘tib, 2012-yilning 6-sentyabrida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan va ajoyib o‘yinidan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shanghai United | 2006 | Xitoy Super Ligasi | 21 | 0 | 1 | 0 | - | - | 22 | 0 | ||
Shanghai Shenhua | 2007 | 12 | 0 | - | 4 | 0 | 3 | 0 | 19 | 0 | ||
2008 | 22 | 0 | - | - | - | 22 | 0 | |||||
2009 | 14 | 0 | - | 0 | 0 | - | 14 | 0 | ||||
2010 | 15 | 0 | - | - | - | 15 | 0 | |||||
2011 | 21 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | - | 24 | 0 | |||
2012 | 29 | 0 | 2 | 0 | - | - | 31 | 0 | ||||
2013 | 28 | 0 | 0 | 0 | - | - | 28 | 0 | ||||
Jami | 141 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 3 | 0 | 153 | 0 | ||
Shandong Luneng | 2014 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 0 | 6 | 0 | 6 | 0 | - | 41 | 0 | |
2015 | 30 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 41 | 0 | ||
2016 | 29 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0 | - | 41 | 0 | |||
2017 | 30 | 0 | 2 | 0 | - | - | 32 | 0 | ||||
2018 | 21 | 0 | 4 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||||
2019 | 26 | 0 | 5 | 0 | 7 | 0 | - | 38 | 0 | |||
2020 | 5 | 0 | 2 | 0 | - | - | 7 | 0 | ||||
2021 | 20 | 0 | 1 | 0 | - | - | 21 | 0 | ||||
Jami | 190 | 0 | 25 | 0 | 30 | 0 | 1 | 0 | 246 | 0 | ||
Karyerada jami | 352 | 0 | 28 | 0 | 37 | 0 | 4 | 0 | 421 | 0 |
Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2012 | 2 | 0 |
2013 | 2 | 0 |
2014 | 5 | 0 |
2015 | 13 | 0 |
2016 | 1 | 0 |
2017 | 3 | 0 |
2018 | 0 | 0 |
2019 | 1 | 0 |
Jami | 27 | 0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shanghai Shenhua
- A3 Chempionlar Kubogi : 2007-yil
Shandong Luneng
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „揭幕战卡洛斯全身而退 王大雷横空出世创造历史“. Sports.sohu.com (2006-yil 11-mart). Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
- ↑ „Wang Dalei With Inter For Training“. Inter.it (2006-yil 30-avgust). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
- ↑ „Wang Dalei“. Sodasoccer.com. 2012-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
- ↑ „Gimenez to coach newly combined Shanghai Shenhua“. Chinaview.cn (2007-yil 17-fevral). 2007-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
- ↑ „City trial Chinese trio“. Skysports.com (2007-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
- ↑ „王大雷获得14赛季最佳门将 赞曾诚偶像加实力派“. 163.com (2014-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 12-yanvar.
- ↑ „China goalkeeper forced into national apology“. Google.com (2010-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
- ↑ „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (2014-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
- ↑ „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.