[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Volin isitmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transheya isitmasi- Volin yoki 5 kunlik isitma ,transheya isitmasi (febris wolhynica R. Guitana)-yengil ,qaytalovchi isitma , boldir suyaklari va bel og'rig'i bilan o'tadigan, har xil ko'rinishli yuqumli kasallik.

Qo'zg'atuvchisi R. Quintana urug'iga mansub rikketsiyalarning yagona turi , uni 1916-yili X. Tyopfer birinchi bo'lib aniqlagan ,keyinchalik Pshenichnov va G.S. Mosinglar uni tajribada aniqlaganlar

Morfologiyasi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morfologik jihatdan Provachek rikketsiyalariga o'xshash lekin bir oz kattaroq 0,3 -0,8 mkm, bo'yoqlarni yaxshi qabul qiladi. Bitlarning me'da ichak yo'llarida ko'payganda ,epiteliy hujayrasining tashqi yuzasida joylashadi. Tovuq embrionida ko'paymaydi.

Labarotoriya sharoitda volin rikketsiyalari suyuq va zich ,hujayrasiz oziqli muhitlarda, anaerob sharoitlarda o'stiriladi. Rikketsiyalar hosilasi ekilganda 3 4 haftadan keyin ko'rinadi. Suyuq muhitda har xil kattalikda to'plamlar hosil qilib ,zich muhitda gulkaram ko'rinishidagi mayda koloniyalar hosil qilib o'sadi. Volin rikketsiyalari tarkibida 5% karbonat angidrid bo'lgan atmosferada 37 °C haroratda qonli agarda yaxshi o'sadi.

Chidamliligi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi muhit tasiriga chidamli. O'lgan bitlarda har xil haroratda juda uzoq ,quruq najasda 10 kundan 18 oygacha saqlanishi mumkin. Dezinfeksiyalovchi eritmalar tasiriga chidamli.

Volin isitmasi kasallik manbai -bemor yoki kasallanib yurgan odam, tashuvchisi kiyim bitlari. Bit bemor qonini so'rgandan keyin bit ichagida 5-9 kundan 15-16 kungacha ko'payishi mumkin. Rikketsiyalar bitlar uchun patogen emas , shu tufayli ular hayoti davomida tashuvchi bo'lib yuradi.

Kasallik haroratning ko'tarilishi,suyak va ichaklarda og'riq kabi belgilar bilan kechadi. Volin isitmasi ko'proq urush paytida aholi zich yashagan hududlarda,bitliqilik ko'paygan joylarda uchraydi. Kasallikdan keyin immunitet hosil bo'ladi.

Labarotoriya diagnostikasi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunda xususiy antigen bilan komplementni bog'lash reaksiyasidan foydalaniladi. Rikketsiyalarni ajratish uchun A.V.Pshenichnov usuli orqali parazitlarni bemor qoni bilan ,epidermal membrana orqali oziqlantiriladi. Kasallik oldini olish uchun bitlarga qarshi kurash olib boriladi.

Kasallikning belgilariga qarab tetrasiklin qatori antibiotiklari foydalaniladi. I.MuhamedovAndoza:I.Muhamedov E. Eshboyev Mikrobiologiya , Imunologiya,Virusologiya