Vladimir Dalganov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vladimir Aleksandrovich Dalganov | ||
Tavallud sanasi | 1-yanvar 1956-yil | ||
Tavallud joyi | Koʻlob Tojikiston SSR | ||
Boʻyi | 172 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi |
Vladimir Aleksandrovich Dalganov (1-yanvar 1956-yil, Koʻlob, Tojikiston SSR) — sovet futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. SSSR sport ustasi (1988).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini Qoʻrgʻon-tepaning „Paxtakor“ klubida boshlagan. 1983-yilda Tojikistonning yetakchi klubi „Pomir“ jamoasiga taklif qilingan. U tezda yangi jamoasining asosiy tarkibiga tez fursatda kirdi va asosiy futbolchilardan biriga aylandi. 1988-yilda SSSR Oliy Ligasida toʻp surdi.
1989-yilgi mavsum boshlanishi arafasida u „Pomir“ jamoasini tark etib, SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi Fargʻonaning „Neftyanik“ klubi tarkibiga oʻtdi. Fargʻonaliklar safida yarim mavsum davomida harakat qilib, ikkinchi qismini Xoʻjand jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Dolganov 1990—1991-yillarda ketma ket 3 ta jamoa tarkibida toʻp surdi: „Regar“, „Geolog“ (Qarshi), „Maroqand“ Samarqand jamoalari safida toʻp tepdi.
1990-yillarning boshlarida u Krasnodar oʻlkasining Psebay shahriga koʻchib oʻtdi, Gorets yogʻochni qayta ishlash zavodining futbol jamoasida murabbiylik faoliyatini olib bordi. Keyinchalik u savdo sohasida ham ishladi. Zelenchuk va Labinsk shaharlarining sport jamoalarida, Mostovou shahrining „Janubiy“ sport maktabida bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi.