[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Virunga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Virunga — Sharqiy Afrikadagi hozirgi zamon vulkanizmi oblasti, Kivu koʻlidan shim.ga tomon yoʻnalgan tektonik botikda joylashgan. 8 ta yirik va koʻplab (400 dan ortiq) mayda harakatdagi va soʻngan vulkanlar guruhi. V. vulkanik maydoni bazalt va leysitli lavalardan tuzilgan boʻlib, 1800 m va undan ortiq balandlikda. Eng baland joyi — Karisimbi soʻngan vulkani (4507 m); Gʻarbdagi Niragongo (3470 m) va Nyamlagira (3056 m) vulkanlari faol harakatda. 2300—2500 m balandlikkacha doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar, butazorlardan iborat; undan yuqorisi lavali maydonlar. Virunga milliy parki: fauna rezervati bor. Faunasi tarkibida — togʻ gorillalari, shimpanze, fil, qoplonlar, begemot, shuningdek boshqa tuyoqli hayvonlar uchraydi. Togʻ gorillalari qoʻriqxonasi bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil