Vikipediya:Panorama erkinligi
Panorama erkinligi (inglizcha: Freedom of Panorama – turli yurisdiksiyalardagi mualliflik huquqi qonunlarining sharti boʻlib, jamoat joylarida cheksiz muddatga oʻrnatilgan imoratlar, baʼzan haykallar va boshqa sanʼat asarlarining surat va videolarini olish, ularning rasmlarini chizish hamda olingan surat va video hamda chizilgan rasmlarni ulashishga ruxsat beradi. Bunda mazkur asarlarda boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa huquqlar buzilmaydi[1][2]. Panorama erkinligi qonunlari mualliflik huquqi egalari oʻz asarlari asosida yaratilgan boshqa asarlar mualliflariga qarshi chora koʻrishini cheklaydi.
Oʻzbekiston
[manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonda boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari kabi panorama erkinligi yoʻq. Shuning uchun Toshkentdagi taniqli Alisher Navoiy yoki Amir Temur haykalini Vikiomborga yuklab boʻlmaydi. Yaʼni, biror tildagi Vikipediyada ushbu yodgorliklarning surati yoʻq. Natijada boshqa mamlakatlarda yashovchilarning aksari bunday yodgorliklar Oʻzbekistonda muhim siymolar ekanini bilmaydi. Bundan tashqari, sayyohlar Vikigid orqali Oʻzbekiston shahar va qishloqlari haqida maʼlumot olayotganda Oʻzbekistondagi muhim haykallar va obidalar suratlarini koʻra olmaydi. Shunday ekan, panorama erkinligi Oʻzbekiston uchun strategik ahamiyatga ega. Shuning uchun Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi foydalanuvchilar guruhi aʼzolari 2022-yildan beri mamlakatda panorama erkinligi joriy qilinishi uchun kurashib keladi.
Manbalar
[manbasini tahrirlash]- ↑ Seiler, David „Gebäudefotografie in der EU – Neues vom Hundertwasserhaus“. Photopresse (2006). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ Rosnay, Mélanie Dulong de; Langlais, Pierre-Carl (2017-02-16). "Public artworks and the freedom of panorama controversy: a case of Wikimedia influence". Internet Policy Review 6 (1). doi:10.14763/2017.1.447. ISSN 2197-6775. https://policyreview.info/articles/analysis/public-artworks-and-freedom-panorama-controversy-case-wikimedia-influence.