UnionPay
Turi | Davlat tashkiloti, Toʻlov tizimi |
---|---|
Tarmogʻi | Moliyaviy xizmatlar, bank ishi |
Qachon asos solingan | 2002-yil |
Joylashuvi | Xitoy Xalq Respublikasi, Shanxay, Pudun tumani |
Vebsayti | unionpayintl.com/ru/ |
UnionPay — 2002 yilda tashkil etilgan xalqaro toʻlov tizimi. Xitoy Davlat kengashi va Xitoy Xalq banki tashabbusi bilan yaratilgan. Uning aksiyadorlari 200 dan ortiq moliyaviy tashkilotlardir. 2015-yilda amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi bo‘yicha u Visa va Mastercard’dan o‘zib ketdi va dunyodagi eng yirik to‘lov tizimiga aylandi, biroq to‘lovlarning atigi 0,5 foizi Xitoydan tashqarida amalga oshiriladi.
Logotip
[tahrir | manbasini tahrirlash]UnionPay logotipi 2001-yilda ishlab chiqilgan. Unda ikkita iyeroglif tasvirlangan. Birinchisi „pul“, ikkinchisi — „birlashma“ degan maʼnoni anglatadi. U ingliz tiliga UnionPay deb tarjima qilingan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2001-yil — UnionPay logotipi yaratildi.
- 2002-yil — China UnionPay — „Xitoy bank kartalari birlashgan kompaniyasi“ tashkil etildi. Xitoyning savdo va sanoat banki tomonidan kartochkalar markazi tashkil etildi.
- 2004-yil — UnionPay kartalari Gonkongda qabul qilina boshlandi.
- 2005-yil — UnionPay kartalari AQShda qabul qilina boshlandi.
- 2010-yil — UnionPay chiqarilgan plastik kartalar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi[2].
- 2011-yil — Xitoy toʻlov operatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.
- 2012-yil — Shanxayda UnionPay International tashkil etildi[1].
- 2015-yil — UnionPay tranzaktsiyalar soni boʻyicha Visa tizimini ortda qoldirib dunyoda birinchi oʻrinni egalladi[3].
2018-yil oxiriga UP kartalarining global muomaladagi ulushi 45 foizni tashkil etdi, bu 2017-yilga nisbatan 1 foizga koʻpdir [4] .
2019-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, UnionPay to‘lov kartalari dunyoning 177 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinmoqda[5], 58 mamlakat banklari UnionPay kartalarini chiqarmoqda [6].
UnionPay Oʻzbekistonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentda 2016-yil 20-iyunda „Oʻzbekistonda UnionPay xalqaro kartalari ekvayringi (toʻlovlarga qabul qilish) boʻyicha loyiha taqdimoti“ boʻlib oʻtdi. Loyiha tashkilotchilari sifatida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Oʻzbekiston Milliy Banki qatnashdi[7]. Taqdimotda UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi ishtirok etdi[8]. Ushbu loyiha UnionPay kartalarini Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — Uzcard tarmogʻiga ulangan 190 mingdan ortiq toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) ishlatish imkonini beradi[9].
2021-yil 22-martdan boshlab UnionPay kartalari Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — HUMO tarmogʻiga ulangan toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) qabul qilina boshladi[10].
Hozirgi kunda UnionPay kartalarini Oʻzbekistonda quyidagi banklar chiqarayapti[11]:
Bank nomi | Karta turi |
---|---|
Agrobank | Uzcard-UnionPay |
Aloqabank | Uzcard-UnionPay |
Asia Alliance Bank | UnionPay Classic |
Davr Bank | UnionPay Classic |
Uzcard-UnionPay | |
Hamkor Bank | UnionPay Classic |
Uzcard-UnionPay | |
Invest Finance bank | UnionPay Classic |
Ipak Yoʻli banki | UnionPay Exchange |
UnionPay Classic | |
UnionPay Gold | |
UnionPay Classic kontaktsiz karta | |
UnionPay Platinum | |
Mikrokreditbank | Uzcard-UnionPay |
Orient Finans bank | UnionPay Classic |
Oʻzsanoatqurilishbank | UnionPay Gold |
Poytaxt bank | Uzcard-UnionPay |
Qishloq Qurilish Bank | UnionPay Classic |
Savdogarbank | Uzcard-UnionPay |
Universalbank | Uzcard-UnionPay |
Xalq banki | Uzcard-UnionPay |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „UnionPay в мире платежных систем“. 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
- ↑ Visa sdala pozitsii China UnionPay (Wayback Machine saytida 2015-04-04 sanasida arxivlangan) // Bankir.Ru, 15 avgusta 2011
- ↑ „Все о UnionPay“. 2020-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
- ↑ „Позиции UnionPay укрепляются. Национальные системы продолжают экспансию?“. 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
- ↑ „List of Countries/Regions accepting UnionPay Cards“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
- ↑ „UnionPay в 2019 году обеспечит прием своих карт по всей России“. 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
- ↑ „UNIONPAY БУДЕТ ПОДКЛЮЧЕНА К СИСТЕМЕ UZCARD“ (2016-yil 21-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „В Узбекистане появится китайская платежная система UnionPay“ (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „Карты UnionPay будут доступны в платежной системе Uzcard“ (2016-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „HUMO UnionPay kartalarini qabul qilishni boshladi“ (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ „UnionPay to'lov tizimi kartalari: nima uchun kerak va qaysi banklardan olish mumkin?“ (2022-yil 13-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.