[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tvorog

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tvorog

Tvorog (ruscha: тво́рог) — sutni sut achitqi bakteriyalar bilan ivitib, zardobini ajratib tayyorlanadigan mahsulot. Qaymogi olingan yoki olinmagan sutdan tayyorlanishga qarab yogʻli (18%), kamyogʻ (9%) va yogʻsiz boʻladi. Qabul qilingan standartga koʻra yogʻli tvorog tarkibida koʻpi bilan 65% suv, 11% oqsil, 2,4% sut qandi boʻladi, 100 g kaloriyasi 230 kkal (960 kj)ga teng, 1 kg bunday tvorog uchun yogʻliligi 3,0—3,5% boʻlgan 5,9—6,9 kg sut sarflanadi. Tvorogda sut tarkibidagi foydali moddalar saqlanadi. Tvorog oqsilida inson hayoti uchun zarur barcha aminokislotalar bor.

Tvorogni uy sharoitida tayyorlash uchun 3—4 l qaynatilgan iliq sutga 1 stakan qatiq qoʻshib aralashtirib kastryulkaga solinadi (baʼzan pepsin yoki kaltsiy glyukonat tuzidan foydalaniladi). Hosil boʻlgan quyqa boʻlaklanadi va kastryulkani suvli togʻoraga solib past alangada isitiladi (qaynab ketmasligi kerak). Quyqa bir xil isishi, zardobi ajralib chiqishi uchun aralashtirib turiladi. Boʻlaklar yuzaga qalqib chiqqach, elak yoki gʻalvir ustiga ikki qavat toza doka solib suziladi. Zardob toza oqib tushgach, sovitiladi va dokaga siqib oʻrab ustiga taxta qoʻyib, yuk bostirib qoʻyiladi. Poʻlat Tursunxoʻjayev.