[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Turkum:Vikipediya:Yordam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jizzax − Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi[1].

Shahar Sangzor daryosi boʻyida, Nurota tizmasining shimoliy etaklarida, Mirzachoʻl dashtining janubiy qismida, 460 m balandlikda, Toshkent-Samarqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Maydoni 0,1 ming km² (49640 ga). 2023-yilning 1-aprel holatiga Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 1 483,1 ming kishini, Jizzax shahar aholisi esa 188,3 ming kishini tashkil etgan[2].