[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Translyatsiya (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Translyatsiya (biologiyada) - genetik kodga binoan, informatsion RNK asosida oqsil polipeptid zanjirlari sintezi; tirik qujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining 2bosqichi. T. jarayonida iRNK molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tarzida yozilgan oqsil molekulasi toʻgʻrisidagi axborot nukleotidlar kodidan sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning muayyan ketma-ketligi holatiga oʻtkaziladi. Boshqacha qilib aytganda, iRNKdagi axborot nukleotidlar tilidan aminokislotalar tiliga oʻtkaziladi. T.da i RNK dan tashqari ribosomalar, transport RNK (tRNK), oqsillarning aminoatsil—tRNKsintetaza, initsiatsiya (boshlovchi), elongatsiya (polipeptidni davom ettiruvchi), terminatsiya (tamomlovchi) va boshqa omillardan iborat murakkab makromolekulyar kompleks ishtirok etadi. Aminokislotalarni RNK ribosomalarga olib boradi. T.ning initsiatsiya bosqichida ribosomaning kichik subbirligi, tRNK va initsiatsiya omili iRNK dagi kodoninitsiatorni tanib oladi. Shundan soʻng ribosomaning katta subbirligi qoʻshilib, oqsil sintezi boshlanadi. Bu sintez 3 bosqich: tRNK ning qoʻshilishi, peptid bogʻ hosil boʻlishi va ribosomalarning 3 nukleotidga siljishi — translokatsiya orqali boradi; shundan soʻng barcha sikl yana takrorlanadi. Kodonterminatorlarni tanib olishda terminatsiyaning oqsil omillari polipeptid zanjirining ribosomadan ajralishini katalizlaydi. Oksil sintezida iRNK poliribosoma tarkibiga kiradi. Har bir poliribosomada bir vaqtning oʻzida 100 tagacha ribosomalar sintezni olib boradi. Prokariotlarda poliribosomalar transkripsiya davrida i RNK da (DNKdan ajralmasdan oldin) qosil boʻladi. Eukariotlarda oqsil sintezi sitoplazmada boradi.