[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Siktivkar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Siktivkar (1930-yil gacha UstSisolsk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Komi Respublikasi poytaxti, Sisola daryosidagi pristan (Vichegda daryosiga quyilish joyida). Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 230,8 ming kishi (1998). 16-asr oxirida S. oʻrnida qishloq boʻlgan. 1921-yildan Komi (Ziryan) muxtor viloyati markazi. 1936-yildan Komi Muxtor Respublikasi, 1992-yildan Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Komi Respublikasi poytaxti.

Sanoat korxonalari yogʻochni qayta ishlash, yirik oʻrmonsanoat kompleksi (sellyulozaqogʻoz va karton ishlab chiqarish, gidrolizhamirturush zavodlari va boshqalar)dan iborat. Taxta tilishyogʻochsozlik kombinati, kemasozlikkema taʼmirlash, tajriba mexanika, avtotaʼmirlash, gʻisht, yirik panelli uysozlik zavodlari, mebel va tikuvchilik fabikalari, koʻnpoyabzal kombinati, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya Fanlar akademiyasi Komi boʻlimi, 2 oliy oʻquv yurti (pedagogika int, universitet), 2 teatr, badiiy va tarixoʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil