[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Shumanay tumani

Koordinatalari: 42°37′12″N 59°8′24″E / 42.62000°N 59.14000°E / 42.62000; 59.14000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shomanay tumani
Шoманайский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Shumanay
Asos solingan sanasi 1950
Hokim Baxadir Yangibaev [1]
Rasmiy tillar Qaraqalpaq
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Shomanay tumani xaritada
42°37′12″N 59°8′24″E / 42.62000°N 59.14000°E / 42.62000; 59.14000

Shumanay tumani qoraqalpoqcha: Shomanay rayonı, Шоманай районы) - Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. Tuman markazi — Shumanay shahri.

1950-yil 6-oktyabrda tashkil etilgan. 1960-yil 5-fevralda Qoʻngʻirot va Xoʻjayli tumanlariga qoʻshib yuborilgan edi. 1976-yil 9-yanvarda qayta tashkil etildi.

Sharqdan Xoʻjayli, Qanlikoʻl, shim. va gʻarbdan Qoʻngʻirot tumanlari, jan.dan Turkmaniston bilan chegaralangan. Maydoni 0,64 ming km². Aholisi 41,4 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Shumanay), 6 ovul fuqarolari yigʻini (Birleshiq, Dehqonobod, Ketenlar, Mamiy, Oqjap, Sarmonboykoʻl) bor. Tuman markazi — Shumanay shahri.

Relyefi, asosan, pasttekislikdan iborat, dehqonchilik uchun qulay yerlar. Hududi gʻarbdan Ustyurt platosiga tutash. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha tra 11°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,9°, eng past tra —30°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,1°, eng yuqori tra 40°. Yiliga 125 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproqlari boʻz, taqirli choʻl va shoʻrlangan choʻl oʻtloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, saksovul, oqbosh, yulgʻun, qamgʻoq, pechak, qorabaroq va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, qobon, quyon, qirgʻovul, boʻrsiq, turli xil ilonlar, kaltakesaklar va boshqalar bor.

Aholisi qoraqalpoq va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 64,7 kishi. Qishloq aholisi 29 ming kishi, shahar aholisi 15,4 ming kishi.

Tumanda „Shumanay momigʻi“ aksiyadorlik jamiyatiga qarashli paxta tozalash zavodi, gʻisht zavodi, xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, qurilishtaʼmirlash boʻlinmasi, qishloq qurilishtaʼmirlash korxonasi bor. Avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 200 dan ziyod tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. Shumanay tumani, asosan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 6 shirkat xoʻjaligi, 200 dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. 4 ta xususiy chorvachilik fermasi mavjud. Paxtachilik — tuman iqtisodiyotida yetakchi tarmoq. 7 ming ga yerga paxta, 4,5 ming ga yerga bugʻdoy, shuningdek, sabzavot, poliz, yemxashak va boshqalar ekinlar ekiladi. Pilla yetishtiriladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy, parranda boqiladi. 36 umumiy taʼlim maktabi (10 mingdan ziyod oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, 2 kasbhunar kolleji (2 mingga yaqin talaba), bioekosan markazi, kasb-hunar oʻrganish markazi va boshqalar mavjud. Madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning 25 ta tarmogʻi, 3 qishloq klubi, „Gulpak“ xalq raqs dastasi, madaniyat uylari, sport majmuasi, stadion, sport zallari, sport maydonchalari va boshqalar bor.

Markaziy tuman kasalxonasi (240 oʻrin), 2 qishloq kasalxonasi, 5 qishloq vrachlik punkti, 2 poliklinika, shuningdek, maxsus, rentgen lab.lar va boshqalar tibbiy muassasalarda 1 mingdan ziyod vrach va oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Qad. tarixiy yodgorliklardan tuman hududida Jampiqqalʼa (tarixda Aybuyir nomi bilan mashhur, mil. av. 5—4-asrlar), Janaqalʼa (19-asr boshlari, mahalliy aholi uni yana Ulkan tom, Qoʻhna Shumanay deb ham ataydi) bor.