[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shoʻrlanish, tuproq shoʻrlanishi — suvda eriydigan mineral tuzlarning tuproqsa toʻplanish jarayoni. Sh., asosan, choʻl va chala choʻllardagi pasttekisliklar hamda yer osti suvlari oqib chiqmaydigan botiklarga xos. Sh. birlamchi va ikkilamchi boʻlishi mumkin. Birlamchi Sh. — shoʻr (minerallashgan) sizot suvlarining bugʻlanishi, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar tarkibidagi tuzlarning erishi yoki suv havzalari atrofidagi tuzli toʻzonlarning shamol taʼsirida uchishi (eol omil), oʻsimliklar vositasida tuzlarning biologik toʻplanishi. Ikkilamchi Sh. tuproqda suv rejimining buzilishi, yaʼni notoʻgʻri sugʻorish natijasida birlamchi shahrida yuz bergan joylarda sodir boʻladi. Ikkilamchi shahrining mavsumiy, dogʻli va yoppasiga yuz berishi mumkin boʻlgan xillari bor. Mavsumiy Sh. tuzning tuproqda qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida toʻplanishi. Bu, asosan, yoz oylarida sugʻorish natijasida sathi koʻtarilgan grunt suvlari bugʻlanishining kuchayishi tufayli yuz beradi. Mavsumiy shahriga qarshi tuproqda kuzgiqishki shoʻr yuvish ishlari oʻtkaziladi. Dogʻli Sh. maydondagi yaxshi yuvilmay qolgan va grunt suvlari kuchli bugʻlanadigan joylarda sodir boʻladi. Yoppasiga Sh. kuchli minerallashgan grunt suvlar sathi yer yuzasiga yaqin boʻlgan joylarda roʻy berib, sugʻoriladigan maydon yuzasining hamma qismini egallaydi.

shahrida koʻpincha sulfat, xlorid va karbonat kislota tuzlari, ayrim hollardagina choʻllarda nitrat kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari toʻplanadi. Bu turlarning koʻpchiligi oʻsimliklar uchun juda zararli. Xlorid va sulfat kislota tuzlarining miqdori tuproqda 0,1% boʻlgandayoq oʻsimlik zaharlana boshlaydi, 0,3%—0,5% ga yetganda nobud boʻladi. Xlorid kislotaning barcha tuzlari: osh tuzi (^aS1), magniy xlorid (M§S12) va kaltsiy xlorid (SaS12) oʻta zaharli. Xlorid kislota tuzlarining xavfli taʼsiri yana shundaki, ular oʻsimlik toʻqimalari devorini yemiradi va natijada oʻsimlik organizmida kechayotgan butun fiziologik jarayonlar buziladi, oʻsimlik nobud boʻladi. Bu tuzlar tuproq eritmasining osmotik bosimini oshirib, fiziologik "quruqtik"ni vujudga keltiradi, bunday sharoitda oʻsimliklar xudsi quruq tuproqdagidek oʻziga zarur suv va oziq moddalarni shima olmaydi.

shahrining asosiy sababi yer yuzasiga yaqin minerallashgan grunt suvlar sathining koʻtarilib, bugʻlanishidir. Bunda tuzlar tuproqning yuqori qatlamlari va yuzasida asta-sekin toʻplana boradi. Mana shu jarayonlar kechadigan va kuchli bugʻlanish boshlanadigan grunt suv sathi kritik chuqurlik deyiladi. shahrini toʻxtatish uchun grunt suvlar balandligini shu nuqtadan, yaʼni kritik chuqurlikdan drenaj yordamida doimo pasaytirib turish kerak. Tuzlarning kimyoviy tarkibi (Sh. tipi)ga koʻra sodali, sodasulfatli, sulfatli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, xloridli va boshqalar Sh.lar boʻladi.

Ikkilamchi (qaytalangan) Sh. odam faoliyati taʼsirida vujudga keladi. Shuning uchun uni baʼzan antropogen Sh. ham deyiladi. Sugorish taʼsirida grunt suvlarining koʻpayishi bilan sarflanishi oʻrtasidagi muvozanat buziladi. Sugorishga beriladigan suvning tuproqqa koʻp miqdorda sizib ketishi (filtratsiyalanishi) natijasida tuproqda grunt suvlar zaxirasi keskin koʻpayadn va sathi koʻtarilib, shahriga sharoit yaratiladi. Agar funt suvlar sathi kritik chuqurlikdan past boʻlsa, u holda sugʻorish ikkilamchi shahrini vujudga keltirmaydi. Qayta Sh., odatda, grunt yer osti suvlar yer osti oqimi yomon yoki umuman oqmaydigan maydonlardagi tuproqlarda sodir boʻladi. Bunday gidrogeologik sharoit Mirzachoʻl, Qarshi choʻli, Markaziy Fargʻona, Quyi Amudaryo va boshqalar joylarga xos. Bu hududlarda grunt suvlar sathini pasaytirish, yaʼni drenajlar qurish shart.

  • Rasulov A.M., Pochvm Karshinskoy stepi, puti ix osvoyeniya, T., 1976; Zasolyonnne pochvn Uzbekistana i voprosn ix osvoyeniya i melioratsiya: (Sb. statey), T., 1979; Abduganiyev A.A., Problemn povnsheniya ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya zasolyonnmx oroshayemmx zemel v Uzbskistane, T., 1980.

Xushvaqt Namozov.