[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Shish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shish – organizm toʻqimalari va boʻshliqlarida koʻp miqdorda suyuqlik toʻplanishi. Koʻpincha bu holat terida, teri osti yogʻ qavatida, plevra parda va qorin boʻshliqlarida, yurak oldi xaltachasida, moyak va hokazoda kuzatiladi. Shish suyuqligi suv, natriy va kaliy tuzlari, birmuncha miqdorda oqsil hamda leykotsitlardan iborat. Leykotsitlar, ayniqsa, yalligʻlanishga xos Sh.larda koʻp boʻladi.

Kapillyar tomirlar orqali muntazam ravishda toʻqima suyuqligʻi bilan qon plazmasi oʻrtasida almashinuv yuz beradi. Qon tomirlar devori orqali atrofdagi toʻqimalarga suyuqlik chiqib turadi. Agar atrofdagi toʻqimalarga tomirlardan koʻp miqdorda suyuqlik chiqib uning soʻrilishi qiyinlashsa yoki butunlay toʻxtab qolsa, shish paydo boʻladi. Bu jarayonga tomir yoʻllari va atrofdagi toʻqimalarda natriy, kaliy va oqsillar miqdorining oʻzgarishi imkon beradi. Bunday oʻzgarishlar tomirlarning keng koʻlamda shikastlanishi, venalarning varikoz kengayishi, tromboflebit, yurak yetishmovchiligi, buyrak kasalligida (qarang Nefrit) qon oqimining sekinlashishida paydo boʻladi. Shish koʻproq, suvtuz almashinuvining buzilishida yuzaga kelishi aniqlangan. Shish tarqalishiga koʻra u mu miy va mahalliy boʻladi. Umumiy shish gavdaning koʻp qismini egallashi, oyoq-qoʻl hamda tanada bir tekisda tarqalishi bilan ifodalanadi. Umumiy shish yurak yetishmovchiligida, buyrakning baʼzi kasalliklarida, jigar sirrozida kuzatiladi. Umumiy shish qorin boʻshligʻida qon aylanishining buzilishi, unda suyuqlik toʻplanishi – assit bilan kechadi. Mahalliy shish koʻpincha biror vena qon tomirining ezilishi yoki yalligʻlanish reaksiyasi natijasida paydo boʻladi.

Shishgan aʼzo, tana qismi yoki oyoqqoʻl kattalashadi va shakli oʻzgaradi. Teri shishganda uning elastikligi kamayadi, baʼzan u oqarib, muzdek boʻladi (yalligʻlanish va baʼzi allergik shish bundan mustasno). Shish paydo boʻlganda u tananing qayeridaligi va hajmidan qatʼi nazar darhol shifokorga murojaat etish lozim.

Shish keng tarqalib, tanada uzoq saqlansa toʻqimalarning oziqlanishi buziladi va organizmga osonlik bilan infeksiya kiradi, bu esa yaralar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaqtda terini mumkin qadar shikastlanishdan saqlash, uni nihoyatda toza tutish zarur. Buning uchun ichki kiyimni teztez almashtirib turish, terini kaliy permanganat (margansovka)ning kuchsiz eritmasi bilan artish va boshqalar tavsiya etiladi. Teri yorilganda va shilinganda unga brilliant yashilining 1% li eritmasini (zelenka) surtish kerak.

Shish sababi vrach tomonidan aniqlangan kishilarga koʻpincha shahrining hajmi va tarqalishini, kundalik qabul qilinayotgan hamda chiqarilayotgan suyuqlik miqdorini nazorat qilib turish, osh tuzini cheklash, baʼzan tarkibida kaliy koʻp mahsulotlar, (sutli mahsulotlar, turshak, bargak va hokazo) isteʼmol qilish buyuriladi.

Yurak, jigar, buyrak kasalliklari bor bemorlar oʻz vaqtida vrachga murojaat etishsa, bu ularda shish paydo boʻlishining oldini olishga imkon beradi.