Shifer
Qiyofa
Shifer (nem.) – tom yopishda ishlatiladigan qurilish materiali. Tabiiy gilli slanetsdan yupqa plita shaklida tayyorlanadi (qarang Slanetslar). Toʻlqinsimon profilli va yassi Sh.lar boʻladi. Sh. mustahkam, suv oʻtkazmaydigan, oʻtga va sovuqqa bardoshli, koʻpga chidaydigan material. Moʻrtligi va ogʻirligi uning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Qurilishda asbestsement Sh.lar keng tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |