[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Sharqiy gat togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharqiy gat togʻlari, Sharqiy Ghata togʻlari — Hindistondagi togʻlar, Dekan yassitogʻligining sharqiy chekkasidagi tarqoq togʻlarning umumiy nomi (Velikonda, Nallamalay, Sharqiy togʻlar va boshqalar). Eng baland joyi 1680 m (Devodi-Munda togʻi). Gneys, kristalli slanets, kvarsitlardan tuzilgan. Bengaliya qoʻltigʻiga qaragan sharqiy yon bagʻri nisbatan tik. Togʻlar barg toʻkuvchi musson oʻrmonlari bilan qoplangan.