[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ruhulloh Xumayniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruhulloh Xumayniy
forscha: روح‌الله خمینی
 1-Eron Oliy Rahbari
 
Mansab davri
1979-yil 3-dekabr – 1989-yil 3-iyun

Ruhulloh Musaviy Xumayniy (forscha: روح‌الله موسوی خمینی; 1900, boshqa maʼlumotlarga koʻra 1898 yoki 1903—1989) — din va davlat arbobi. Eronning Aroq shahri yaqinidagi Xumayn qishlogʻida ruhoniy oilada tugʻilgan. Avval Aroqda, keyin Qum shahrida oʻqigan, oʻsha yerda madrasada dars bergan. 50-yillar oxirida oyatulloh deb atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyaiga qarshi kurash olib borgani uchun shoh jandarmeriyasi tomonidan 1963-yilda qamalgan, 1964-yilda Turkiyaga badargʻa qilingan. 1965-yilda Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan Najafda madrasada dars bergan. Shoh hukumatining talabi bilan 1978-yilda X. Iroqdan ham badargʻa qilingan. Quvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin, Parijda joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni va Eronda boshlangan inqilobiy harakatga yoʻllanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati agʻdarilgandan soʻng 1979-yil fevralda Eronga qaytib kelgan. Eron Islom Respublikasi tashkil etilgandan keyin X. rasman davlat rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada eʼtirof etilgan. Diniy rahnamo sifatida u „mar-jai taqlid“ hisoblanib, imom deb yuritilgan.