Riqo
Qiyofa
Riqo (arab, ruqʼa — maktub) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Xat tarixchisi Ibn Nadim fikricha, R. suls yozuvidan kelib chiqqan. Koʻrinishi jihatdan R. tavqe xatiga oʻxshash, harf oʻlchamlari undan kichik hamda nozikroq. R.da oʻzidan keyingi harflarga qoʻshilmaydigan koʻpchilik harflar bir-biriga qoʻshib yozilaveradi. R.dan tez yozishda (maktub va boshqalarda) foydalaniladi. Keyinchalik ixcham koʻngilochar hikoya yoki qissalar, baʼzan shams naqshidagi yozuvlar, Qurʼon yoki kitoblar xotimasi R.da bitilgan, alohida mustaqil qitʼalarni yozishda ham qoʻllangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |