Ressora
Ressora (fransuzcha: ressort — qayishqoqlik) — transport mashinalari (avtomobil, vagon, traktor va boshqalar)da yoʻlning notekisligidan hosil boʻladigan silkinishlarni yumshatib beradigan qayishqoq (elastik) moslama. Metall, gidravlik va pnevmatik xillari bor. Metall Ressora keng tarqalgan; u listli, prujinali va torsion xillarga bulinadi. Listli Ressora turli uzunlikdagi maxsus pulat polosalardan yasaladi. Asosan, avtomobil, traktor, vagon va boshqalarda ishlatiladi. Prujinali Ressora vintsimon silindrik prujinalardan iborat. Yengil avtomobillar, temir yoʻl transporti va boshqalarda ishlatiladi. Torsion Ressora uzun elastik poʻlat sterjendan iborat;.u buralishga xizmat qiladi. Vir uchi ramaga mahkamlanadi, ikkinchi uchi ramadagi maxsus vtulkadan utkaziladi. Shu uchidagi richag gʻildiraklardan tushadigan kuchlarni ramaga yumshatib utkazadi.
Asosan, avtomobillarning old gʻildiraklariga oʻrnatiladi. Gidravlik Ressorada suyuklik silindrning bir bushligʻidan ikkinchi boʻshligʻiga kalibrlangan teshik orqali oʻtadi. Pnevmatik Ressorada gaz yoki havoning qayishqoklik xususiyatidan foydalaniladi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |