[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Raqamlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
turli raqamlar

Raqamlarsonlar ifodalanadigan shartli belgilar. Qadimda sonlar soʻzlar orqali ifodalangan. Xalqlarning ijtimoiy-xoʻjalik hayoti rivojlanishi bilan mukammalroq belgilarga va hisoblash tizimlariga ehtiyoj tugʻildi.

Eng qadimgi raqamlar bobilliklar va misrliklarga mansub. Misr iyeroglif raqamlarida (miloddan avvalgi 3000–2500-yillar) sonlarni ifodalash uchun maxsus rasmbelgilar, keyinroq iyeratik va demotik yozuvlari paydo boʻldi. Bobil raqamlari (miloddan avvalgi 2000-yil boshi), asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari boʻlib, boshqa barcha raqamlar shular asosida ifodalangan. Misr iyerativ yozuvidan Yaqin va Oʻrta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda Yunon Ioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan raqamlar kelib chikdi. Bosma yunon alifbosi slavyankirill va harfiy raqamlarga asos soldi. Hozirgi raqamlarning timsollari ʻ (nol bilan birgalikda) Hindistonda V asrga yaqin yuzaga kelgan. Bungacha Hindistonda kharoshthi raqamlari va u bilan deyarli bir vaqtda brahmi raqamlari boʻlgan. Brahmi raqamlaridan hind gvalior raqamlari kelib chikdi. Gvalior raqamlar esa arab raqamlariga asos boʻlgan. Arab raqamlari sharqiy va gʻarbiy (gʻubor) raqamlaridan iborat. Sharqiy arab raqamlari Misr va undan Sharqdagi arab mamlakatlari, Eron hamda Afgʻonistonda, gʻarbiy arab raqamlari (gubor) esa Misrdan gʻarbdagi mamlakatlarida qoʻllanadi. Yevropada IX asrdan boshlab gʻubor raqamlari tarqaldi va tezda ommalashdi. Sharq mamlakatlarida esa gʻubor raqamlari XIX asrgacha ham keng tarqalmadi.

  • Yushkevich A. P., Istoriya matematiki v sredniye veka, M., 1961.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil