Qubod I
Qubod i, Qavad (? -531) - Sosoniylar davlati shohi (488—496, 499— 531). Zodagonlar va kohinlarning siyo-siy va iqtisodiy qudratini zaiflashtirish maqsadida mazdakiylar haraka-tiga qoʻshilgan va ularning dasturiga mos keladigan bir qancha islohotlar oʻtkazgan. taxminan 496 yil zodagonlar Q.1 ni taxtdan agʻdarib, oʻrniga ukasi Zamaspni oʻtqazishgan. Q.1 eftaliylar huzu-riga qochib borgan, ularning harbiy yordamida taxtini qaytarib olgan (499). Shundan soʻng zodagonlarga qarshi qaratilgan siyosatini davom ettirgan, mazdakiylik tarafdorlariga yuqori mansablar bergan. Vizantiyaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borgan (502— 505 yoki 506); shim. gunnlarning bosqinini qaytargan. Q.1 davrida bir qancha shaharlarga asos solingan, sugorish kanallari tarmogʻi kengaygan va boshqa, shuningdek Q1 ning oʻgʻli Xusrav I Anushirvon davrida nihoyasiga yetgan ichki islohotlarga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Q1 hukmronligining oxirida mazdakiylar bilan aloqasini uzgan va 3-oʻgʻli Xusrav (qarang1 ning katta oʻgʻli — Qovus mazdakiylar tarbiyasini olgan) yordamida mazdakiylar tarafdorlarini qatagʻon qilishni tashkil, etgan (528/529). 527 yildan Vizantiya bilan qaytadan urush boshlagan; u Q.I ning oʻlimidan soʻng ham davom etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |