Qorluq xoqonligi
Qorluq xoqonligi (Uygʻurcha. Qarluq xaqanligi, xitoy. nghunghui, Pinyin: Géluólù Yèhùguó) – qorluq zodagonlari tomonidan tashkil etilgan va qabila federatsiya sifatida faoliyat olib borgan oʻrta asrlar davlati. Ayni vaqtda qorluqlar Islomni qabul qilgan ilk turk qabilalaridan biridir. Devanu Lugʻatit turkda: „ قرلق Qorluq“ „Bu koʻchmanchi turklardan bir guruhining nomidir. Ular oʻgʻuzlardan ajralib turadi. Oʻgʻuzlar kabi turkmandirlar“ shaklida eslab oʻtilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]753-yilda Tung Bilga Yabgʻu Qorluqlarning hukmdori boʻldi. Ilgari "Kul-Erkin " unvoniga ega boʻlgan „Uch qorluq“ qabila boshligʻiga "Yabgʻu" unvoni berilar edi. Poytaxt sifatida Suyob shahri tanlangan.
756-yilda qorluqlar Onoklar avlodidan boʻlgan Turkesh xoqonligini magʻlubiyatga uchratib, Gʻarbiy Turkistonda davlat tuzafi. 766-yilda davlat poytaxi Balasagʻunga koʻchirilgan.
840-yilda boshqa bir qorluq urugʻi tomonidan asos solingan Qoraxoniylarga tobe boʻlishgan. Qoraxoniylar hukmronligi ostida boʻlishlariga qaramay, ular asosan mustaqilligini saqlab qolgan. 893-yilda Sirdaryoning sharqiy tomoniga yurish uyushtirgan Ismoil Somoniy qarluqlarni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi va Talas shahrini egallaydi. 943-yilda oʻgʻuzlar va yagʻmolarga qarshi uzoq vaqt kurashib kelgan Qorluq xoqonligi Qoraxoniylaning hujumidan soʻng butunlay parchalanib ketgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati’t-Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi. ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa 473.