[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qoʻngʻiroqsoch Syu (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻngʻiroqsoch Syu
Yozuvchi: John Hughes
Rejissyor: John Hughes
Ishlab chiqaruvchi: John Hughes
Aktyorlar: Jim Belushi

Kelly Lynch Alisan Porter

Kinomatograf: Jeffery L. Kimball
Tahrirchi: Pek Prior

Harvey Rosenstock

Qoʻshiqchi: Georges Delerue
Ishlab chiqarish kompaniyasi:
Xyuz Entertainment
Tarqatuvchi: Warner Bros.
E'lon qilingan sanasi:
1991-yil 25-oktabr  (1991-10-25   
Film daqiqasi
102 daqiqa
Mamlakat AQSh
Til Ingliz tili
Daromad 25 million dollar[1]
Kassa 33,7 million dollar

Qoʻngʻiroqsoch Syu –1991-yilda yaratilgan. Filmning yozuvchisi, rejissyori John Hughes hisoblanadi .Ushbu komedik filmda James Belushi, Kelly Lynch va Alisan Porter rol ijro etgan. Filmda uysiz bir firibgar erkak jajji yetim qizaloqni bolalar uyiga topshirish uchun boy advokat ayol bilan tanishib,uy topish haqida maslahatlashgani haqida hikoya qilinadi. Bu film Hughesning umrining oxirida , ya'ni 2009-yilda ishlab chiqargan oxirgi filmi edi , ammo tanqidchilar filmga salbiy fikr bildirishadi.

Qisqacha mazmuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bill Dancer va uning 7 yoshli doʻsti Qoʻngʻiroqsoch Syu haqidagi film. Bill bu qizaloqni goʻdaklik chogʻida oʻz qaramogʻiga oladi va ular uysiz kun kechiradilar. Bill firibgarlik orqali pul topar edi va Bill Syu bilan firibgarlik orqasidan topilgan pulga kun kechirishar edi. Bir kuni tunda Syu uxlab yotgan vaqtida onasidan qolgan uzukni tunab ketishadi va garovga qoʻyishadi.

Detroitdan Chicagoga koʻchib oʻtgandan soʻng, ular bir mashhur advokat Grey Ellison ismli advokat Billning Mercedes rusmli mashinasi oʻziga qaytarilishini xabar beradi. Firibgarliklari fosh boʻlib boshlagandan soʻng Bill bu ishdan voz kechib, Grey va Syu uchun harakat qila boshlaydi. Bill Syuning fikrlariga befarq qaray boshlaydi va buni payqagan Syu Billdan voz kechmoqchi boʻladi, ammo Grey uni Bill bilan qolishini xohlaydi va Syu bunga rozi boʻladi.

Walker,bunga qaramay, Billni politsiyaga topshiradi va Syuni bolalarni himoya qilish qilish xizmati hodimlari olib ketadi. Bill esa qizaloqni rasmiy vasiylikka olmagani uchun hibsga olinadi. Bill qamoqxonada Syuning onasidan qolgan uzugini oʻgʻirlagan odam bilan uchrashib qoladi. Grey Billni qamoqdan chiqarishga harakat qiladi va bu vaqtda Syuni ham davlat qaramogʻidan chiqarib oladi.

Bill uzukni oʻgʻirlagan odam uni qimmatbaho buyumlar sotiladigan bozorga sotib yuborganini bilgach, uzukni borib qaytarib oladi. Syu va Grey uyga kelgach uzukni koʻradi va buni Bill qaytarib olib kelib qoʻyganini sezadilar ammo uzuk billning yashash xonasida ekanligini bilishgan bu fikrdan qaytishadi.

Keyinchalik Grey va Bill Syuni qonuniy ravishda asrab olishadi va turmush qurishib baxtli hayot kechira boshlashadi. Film qizaloq birinchi sinfga qadam qoʻyishii tugaydi.

Film 1634 marta namoyish etildi va 4,974,958 yigʻib, eng koʻp pul topgan filmlar safida 2-oʻrinni egalladi[2][3]. Dam olish kunlarida esa yalpi daromadni yetti foizga oshirib, 5,3 dollarga yetdi va 2-oʻrinni boʻshatmadi[4]. Kino namoyish etilgandan soʻng,3-haftasida birinchi oʻringa koʻtarilishga muvofaq boʻldi[5]. Filmning AQSh va Kanadadagi umumiy daromadi 33,691,313 aqsh dollariga yetdi[6].

Ommaviy axborot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Warner Home Video filmni 1992-yil VHS va Laserdiscda, keyinchalik DVDda Porter tomonidan maxsus sharhlarni chiqardi.

Film asosan tanqidchilar tomonidan salbiy sharhlarga uchraydi. Rotten Tomatoesda Qoʻngʻiroqsoch Syu filmi 15 ta sharh bilan 13% reytingga ega[7]. CinemaScore tomonidan film uchun tomoshabinlarning bahosi A+ dan F gacha boʻlgan jadvalda B+ boʻladi[8].

Leonard Maltin oʻzining Kino qoʻllanmasida ushbu filmga toʻrtta yulduzdan yarim yulduz bilan baholadi va bu film John Hughesning formulasi , qaysiki qoʻl kelmaydigan formula deb nomladi[9].

Halliwell's Film Guide ushbu filmni Yoqimsiz tuygʻu va manipulatsiya deb ataydi[10].

Financial Times gazetasi muxbiri Nigel Andrews fikricha: „John Hughes kino tarixida eng muvaffaqiyatli , parchalanmas komediyaning katta qismini ssenariyni yozish va reissyorlik vaqtigacha bitirgan“[11].

Rojer Ebert filmga toʻrtta yulduzchadan uchtasini berib , shunday deydi: “Sokin va aktyorlarning bir-biriga boʻlgan iliq munosabati. Film ajoyib emas, chuqur emas, ammo filmda qalb bor”[12].

  1. "Curly Sue (1991)". IMDb.
  2. „House Party 2 Tops At Box Office“. Chicago Tribune. Qaraldi: 2010-yil 12-noyabr.
  3. Curly Sue Box Office Mojoda
  4. Curly Sue Box Office Mojoda
  5. Curly Sue Box Office Mojoda
  6. Curly Sue Box Office Mojoda
  7. „Curly Sue“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  8. „Cinemascore“. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Maltin, Leonard „Curly Sue“, . Leonard Maltin's Movie Guide 2009. Signet Books, 2008 — 304-bet. ISBN 978-0-452-28978-9. 
  10. „Curly Sue“, Halliwell's Film Guide 2008 Gritten, David: . Hammersmith, London: HarperCollins Publishers, 2007 — 276-bet. ISBN 978-0-00-726080-5. 
  11. „Curly Sue“, Halliwell's Film Guide 2008 Gritten, David: . Hammersmith, London: HarperCollins Publishers, 2007 — 276-bet. ISBN 978-0-00-726080-5. 
  12. Ebert, Roger „Curly Sue“ (1991-yil 25-oktyabr).