[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Pufakoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pufakoyoqlilar (Physopoda), popukli qanotlilar (Thysanoptera), tripelar — hasharotlar turkumi. Uzunligi 0,5—2 (baʼzan 14) mm. Qanotlari ingichka, 2 juft, baʼzan boʻlmaydi. Qanotlarining qirrasi boʻylab mayda tuklardan iborat popuklari joylashgan. Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. 2 mingdan ortiqturi bor. Oʻsimliklarning guli, bargi, mevasida, moxlar va daraxtlar poʻstlogʻida yashaydi. Oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi, baʼzi turlari yirtqich. Murakkab metamorfoz (gipermetamorfoz) orqali rivojlanadi. Oʻsimlik toʻqimalari, gullari, barglari, qoʻltigʻiga tuxum qoʻyadi. Rivojlanishi 2—3 oy davom etadi. Bir qancha turlari qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazadi; ayrim turlari viruslar va zamburugʻ kasalliklarini oʻsimliklarga yuqtiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil