Puasson Simeon Deni
Puasson Simeon Deni (1781.21.6, Pitivye — 1840.25.4, Parij) — fransuz matematigi, fizigi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1812), Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1826). Ilmiy ishlari nazariy va osmon mexanikasiga, matematika hamda matematik fizikaga oid. U birinchi marta analitik mexanika tenglamalarini impulsning tashkil etuvchilari tar-zida yozgan. P. matematik fizikaning koʻplab masalalarini yechgan, ehtimollar nazariyasida Bernulli sxemasini umumlashtirib, katta sonlar qonunini isbotlagan, kam roʻy beradigan hodisalar taqsimot qonuni (Puasson taqsimoti )ni topgan. Quyosh sistemasining turgʻunligini tekshirishga bagʻishlangan ishlari muhim. Sferoid va bir jinsli ellipsoidlar tortishishini oʻrganib, oʻz nomi bilan ataluvchi tenglamani chikargan (qarang Puasson tenglamasi). P.ning ballistika, elastiklik nazariyasi, gidromexanika va boshqa sohalardagi ishlari ham katta amaliy ahamiyatga ega.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kleyn F., Leksii o razvitii matematiki v XIX stoletii, per. s nem., ch. 1, M. -L., 1937.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |