[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ptoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PTOZ (yun. ptosis — tushish) — koʻz muskullarining falajlanishi natijasida yuqori qovoqning salqib tushishi. Tugʻma yoki hayotda orttirilgan boʻladi. Tugʻma PTOZ koʻpincha, nasldan-naslga oʻta-di, deyarli hamma vaqt ikkala koʻz qovogʻi salqiydi. Yuqori qovoqni koʻtaruvchi muskulning rivojlanmay qolishi gugʻma PTOZ ga sabab boʻladi. Hayotda orttirilgan PTOZda, koʻpincha, bitta koʻz qovogʻi salqiydi. PTOZning bu xili koʻzni harakatlantiruvchi hamda simpatik nervlar bilan innervatsiyalanadigan muskullar falajlanishi natijasida roʻy beradi. PTOZni davolashda unga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi. "PTOZ" termini qaysi aʼzoning nomiga qoʻshib aytilsa, shu aʼzoning tushishi tushuniladi (mas, buyrak PTOZi yoki nefroptoz va hokazo).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil