Porox imperiyalari
Porox imperiyalari yoki islom porox imperiyalari – uchta turk-fors musulmon imperiyalariga ishora qiluvchi umumiy atama hisoblanadi. Ushbu davlatlar Usmonlilar, Safaviylar va Boburiylar imperiyasidir. Ular asosan XVI—XVIII asrlarda gullab-yashnagan. Bu uchta imperiya oʻz davrining eng kuchli va barqaror iqtisodig ega boʻlgan. Ushbu davlatlar savdo kengayishiga va madaniyatning yuksalishiga ham katta hissa qoʻshgan, shu bilan birga ularning siyosiy va huquqiy institutlari markazlashuvning ortib borishi bilan mustahkamlangan. Imperiyalarda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar va aholi soni sezilarli darajada oʻsgan, texnologik innovatsiyalarning barqaror surʼati kuzatilgan. Ularning hukmdorlik hududi gʻarbda Markaziy Yevropa va Shimoliy Afrikagacha, sharqda Bengaliya va Arakangacha choʻzilgan. Imperiyalar yangi ixtiro qilingan oʻqotar qurollarni qoʻllash va rivojlantirish orqali katta hajmdagi hududlarni zabt etgan. Yevropada boʻlgani kabi, poroxli qurollarning joriy etilishi markazlashgan monarxiyalarning yuksalishiga olib kelgan. G. S. Xodjsonning soʻzlariga koʻra, porox imperiyalarida oʻzgarishlar harbiy faoliyat bilangina cheklanib qolmagan[1]. Hindiston yarimorolida joylashgan Temuriylarning davomchisi boʻlgan Boburiylar qisman Temuriylar Uygʻonish davrini oʻziga meros qilib oladilar va oʻzlariga xos arxitektura anʼanasini va Bengaliyada baʼzilar proto-industrializatsiya deb taʼriflagan davrni tashkil etganliklari uchun tan olingan. Safaviylar Eron uchun samarali va zamonaviy davlat boshqaruvini yaratganlar va tasviriy sanʼatning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishigasababchi boʻlishgan. Qaysar-i Rum nomi bilan ham mashhur boʻlgan Konstantinopolda faoliyat olib borgan Usmonli xalifaligining sultonlari Ikki Muqaddas Masjidning qoʻriqchisi va Islom olamining rahbarlari sifatida tariflangan. Ularning kuchlari, boyligi, meʼmorchiligi va turli hissalari orqali Osiyo va Yevropa tarixidagi oʻzgarishlarga sezilarli taʼsir koʻrsatganligida boʻlgan.