[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Pista (urugʻ)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
pista

Pista (Pistacia), xandon pista — pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxtlar turkumi, yongʻoqmevali daraxt. 300 yilgacha yashaydi. 20 dan ortiq turi bor. Janubiy Yevropa, Gʻarbiy, Oʻrta va Sharqiy Osiyoda, Shimoliy, Sharqiy Afrika va Markaziy Amerikada oʻsadi. Oʻrta Osiyoda yovvoyi hodda oʻsadigan chin P. (P. vera) va toʻmtoq bargli P. (P. mutica) turlari bor. Boʻyi 2,5–10 m, shox-shabbasi tarqoq, 10–12 m kenglikda. P. ikki uyli oʻsimlik, —40° sovuqqa chidaydi. Aprel—may boshlarida dastlab erkak, soʻngra urgʻochi daraxtlari gullaydi, guli murakkab roʻvaksimon toʻpguldan iborat, shamol yordamida changalanadi. Mevasi bir urugʻli danak (pista). Pistasi avgust— sentabr pishadi. Qobigʻi yupqa, qattiq, yetilganda baʼzan uchidan yoriladi. Magʻzi yashil, mazali, tarkibida 63% gacha moy, 22% oqsil, 7% gacha uglevodlar, V guruhi vitaminlari, A provitamini bor; asosan, qovurilgan holda yeyiladi, qandolatchilikda ishlatiladi. P. lalmi yerlarda 10—12, sugʻorma yerlarda 7—8-yili hosilga kiradi. Yovvoyi holdagilari 15 kg gacha, payvand qilingan 8—10 yillik daraxtlari 30–45 kg meva beradi. P. barglarida paydo boʻladigan gʻudda-bujgʻ-unlarda tannid (30—40%), boʻyoq mod-dalari bor. P. Qurgʻoqchilikka chidamli. Urugʻidan va payvandlab, bachkisidan parhish qilib koʻpaytiriladi. P. yogʻochi duradgorlikda qadrlanadi. Oʻzbekistonda P. ni ekib oʻstirish ishlari 1937-yildan Bobotogʻ (Surxondaryo viloyati) togʻlarida boshlangan, Kattaqoʻrgʻon suv ombori atroflarida 2 ming ga dan ortiq P.zorlar tashkil etilgan. Respublikada urugʻidan ekib oʻstirilgan P. zorlarning umumiy maydoni 80 ming ga dan koʻproq (2003). Oʻzbekiston oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot institutida, P.ning 6 navi yara-tilgan, 30 dan ortiq P. navlari kolleksiyasi barpo etilgan.

Asosiy zararkunandalari: P. qurti va P. qalqondori.

  • Popov K.P., Fistashka v Sredney Azii, Ashxabad, 1979.

Abdushukur Xonazarov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil