[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Penetrantlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Penetrantlik (lot. penetro — teshib kiraman, yetib olaman) — yaqin qarindosh organizm guruhlarining har xil individlarida muhit sharoitlariga bogʻliq holda maʼlum gen alleli faoliyatining namoyon boʻlish chastota-si. "P." termini rus olimi N. V. Timofeyev-Resovskiy (1927) tomonidan taklif etilgan.

Toʻliq P. (allel barcha individlarda oʻz faoliyatini koʻrsatadi) va toʻliqsiz P. (allel bir guruh individlarda fa-oliyat koʻrsata olmaydi) farqdanadi. Toʻliqsiz P. koʻpgina genlarning faoliyatiga xos. Mas, xitoy navroʻzguli gulining qizil (R-) — oq (rr) rangi harorat 15—25° boʻlgan sharoitda monoduragay tipda irsiylanadi. Agar F2 oʻsimliklari 30—35° haroratli sharoitda oʻstirilsa, barcha oʻsimlik gullari oq rangda, 25—30° haroratli sharoitda esa ZR-:1 rr nisbatdan to 100 % oq gulli oʻsimliklargacha kuzatiladi.

Bir xil genotipli organizmlarda belgining muhit sharoitlariga bogʻliq holda namoyon boʻlish yoki boʻlmaslik holati konkret sharoitda yashayotgan organizmdagi genlar taʼsirining natijasidir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil