Pablo Salazar
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Pablo Andres Salazar Sánchez | ||
Tavallud sanasi | 21-noyabr 1982-yil | ||
Tavallud joyi | San José, Costa Rica | ||
Boʻyi | 1.78 | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Herediano | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Alajuelense | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2003 | Santa Barbara | 7 | (2) |
2003—2006 | Cartaginés | 49 | (0) |
2006—2008 | Alajuelense | 50 | (3) |
2008—2010 | Municipal Liberia | 42 | (0) |
2010—2011 | Universidad de Costa Rica | 21 | (1) |
2011—2015 | Herediano | 93 | (10) |
2015—2016 | Mérida | 19 | (0) |
2016—2019 | Herediano | 132 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2005—2014 | Costa Rica | 6 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2019— | Herediano | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Pablo Andres Salazar Sánchez (talaffuzi: Pablo Andres Salazar Sanches) — 1982-yil 21-noyabrda Kosta-Rikada tugʻilgan. „Herediano“ klubi va Kosta-Rika terma jamoasi himoyachisi. 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilda Pablo Salazar faoliyatini „Santa Barbara“ safida boshlagan. Debyut mavsumi tugagandan soʻng, u Kosta-Rika chempionatida debyutini oʻtkazgan „Kartagina“ klubiga koʻchib oʻtgan. 2006-yilda Pablo Salazar „Alajuelense“ bilan shartnoma imzolagan. 2008-yilda Pablo Salazar „Municipal Liberia“ klubiga koʻchib oʻtgan va u yerda bir yil oʻtib chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2010-yilda Pablo Salazar „Universidad de Costa Rica“ klubiga qoʻshilgan. 25-iyul kuni „Peres Seledon“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[1]. 2011-yilning 9-fevralida „San Carlos“ klubiga qarshi bahsda Pablo Salazar „Universidad de Costa Rica“ safida birinchi golini urgan[2]. Oʻsha yilning yozida Pablo Salazar „Herediano“ klubiga koʻchib oʻtgan. 31-iyul kuni „Puntarenas“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[3]. 18-sentabr kuni „San Carlos“ga qarshi kechgan bahsda Pablo Salazar „Herediano“ uchun birinchi golini urgan[4]. 2012-yilda u ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻlgan.
2015-yil boshida Pablo Salazar meksikaning „Venados“ klubiga ijara asosida oʻtgan. 14-fevral kuni „Atlético San Luis“ klubiga qarshi oʻyinda u Liga Assensoda debyut qilgan[5]. Ijara muddati tugagach, Pablo Salazar „Herediano“ga qaytgan va yana ikki marta mamlakat chempioniga aylangan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda Kosta-Rika yoshlar terma jamoasi tarkibida Pablo Salazar Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[6][7]. 2004-yilda milliy terma jamoa tarkibida Pablo Salazar Afinadagi Olimpiya oʻyinlariga yoʻl olgan[8][9]. Turnirda u Marokash, Iroq, Portugaliya, Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib, jamoaning 1/4 finalga chiqishiga yordam bergan.
2005-yil 9-noyabrda Kosta-Rika terma jamoasi safida Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[10].
2013-yilda Pablo Salazar Markaziy Amerika kubogi gʻolibiga aylangan[11][12]. Turnirda u Nikaragua, Gvatemala, Salvador va Gonduras terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan[13][14].
2014-yilda Pablo Salazar ikkinchi marta Markaziy Amerika kubogini qoʻlga kiritgan[15]. Turnirda u Gvatemala jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|
AD Barbareña | Kosta Rika | 2002—2003 |
Club Sport Cartaginés | Kosta Rika | 2003—2006 |
Liga Deportiva Alajuelense | Kosta Rika | 2006—2008 |
Municipal Liberia | Kosta Rika | 2008—2010 |
UCR | Kosta Rika | 2010—2011 |
Club Sport Herediano | Kosta Rika | 2011—2014 |
Club de Fútbol Mérida | Meksika | 2015 |
Club Sport Herediano | Kosta Rika | 2016—2019 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Перес-Селедон VS. Универсидад де Коста-Рика 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (25-iyul 2010-yil). 26-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Универсидад де Коста-Рика VS. Сан-Карлос 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (9-fevral 2011-yil). 25-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Пунтаренас VS. Эредиано 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (31-iyul 2011-yil). 26-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Эредиано VS. Сан-Карлос 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (18-sentabr 2011-yil). 20-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Венадос VS. Атлетико Сан-Луис 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (14-fevral 2015-yil). 24-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Коста-Рика (до 23) VS. Португалия (до 23) 4:2“ (inglizcha). fifa.com (18-avgust 2004-yil). 2-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Аргентина (до 23) VS. Коста-Рика (до 23) 4:0“ (inglizcha). fifa.com (21-avgust 2004-yil). 30-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Коста-Рика (до 23) VS. Марокко (до 23) 0:0“ (inglizcha). fifa.com (12-avgust 2004-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Коста-Рика (до 23) VS. Ирак (до 23) 0:2“ (inglizcha). fifa.com (15-avgust 2004-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Франция VS. Коста-Рика 3:2“ (inglizcha). soccerway.com (9-noyabr 2005-yil).
- ↑ „Коста-Рика VS. Никарагуа 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (21-yanvar 2013-yil). 23-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Коста-Рика VS. Сальвадор 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (26-yanvar 2013-yil). 18-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Коста-Рика VS. Гондурас 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-yanvar 2013-yil). 31-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Коста-Рика VS. Гватемала 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-yanvar 2013-yil). 11-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
- ↑ „Гватемала VS. Коста-Рика 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (14-sentabr 2014-yil). 20-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.