[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Oqtoʻba

Koordinatalari: 50°16′0″N 57°13′0″E / 50.26667°N 57.21667°E / 50.26667; 57.21667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqtoʻba
qoz. Ақтөбе
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
50°16′0″N 57°13′0″E / 50.26667°N 57.21667°E / 50.26667; 57.21667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Oqtoʻba viloyati
Hukumat
 • Akim Umarov Yerhan Bulatjanovich
Asos solingan 1869
Qachondan beri shahar 1880
Maydon 235 km2 (91 kv mi)
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2014)
377,520[1]
Zichligi 1606 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7132[2]
Pochta indeks(lar)i 030000[3]
Avtomobil kodi D, 04
Oqtoʻba qoz. Ақтөбе xaritada
Oqtoʻba qoz. Ақтөбе
Oqtoʻba
qoz. Ақтөбе
Oqtoʻba shahri

Oqtoʻba shahri (qozoqcha: Ақтөбе) — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻba viloyatidagi shahar, viloyat markazi[4]. Respublikaning shimoli-garbida, Ilek daryosining (Ural tarmogʻi) chap sohilida, Orenburg — Toshkent temir yoʻl yoqasida joylashgan. Avtomobil va havo yoʻllarining muhim tuguni. Shahar 1869-yilda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1891-yildan shahar. Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston, Atirau, Qoʻstanoy, Qiziloʻrda va Mangʻistov viloyatlari bilan chegaradosh. Oqtoʻba viloyatining markazi. Shaharda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilishadi. Shaharda 3 oliy oʻquv yurti, teatr, 2 muzey mavjud[5].

Shahar aholisi koʻp millatli hizoblanadi. Shaharda 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 367,220 kishi istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha[6]:

  1. qozoqlar — 68,72 %
  2. ruslar — 19,58 %
  3. ukrainlar — 5,69 %
  4. tatarlar — 2,21 %
  5. olmonlar — 0,92 %
  6. beloruslar — 0,35 %
  7. koreyslar — 0,34 %
  8. moldavanlar — 0,26 %
  9. ozarbayjonlar — 0,23 %
  10. chechenlar — 0,20 %
  11. oʻzbeklar — 0,15 %
  12. bulg'orlar — 0,14 %
  13. boshqirdlar — 0,14 %
  14. armanlar — 0,12 %

Shahar 1869-yil 28-mayda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Shaharning qurulishi boshlanishini Peterburgning „Birjeviye vedomosti“ gazetasi bunday yozadi: „… Oqtoʻba qamaliga Yelek daryosining chap tarafida Yelek himoyasidan 180 verst, Orenburg-Qazali karvon yoʻliga yaqin, Qargʻali daryosining tarmogʻidagi Ilinka stansiyasidan 170 verst uzoqlikda yer tanlab olindi. Qurulish hozirning oʻzida boshlanib ketdi, Yelek uezd boshqarmasini kuzgacha koʻchirish koʻzlanmoqda“[7].

Oqtoʻbani rivojlantirishning bosh rejasi 1881-yili qabul qilindi.

1880-yil Oqtoʻba ilk marotaba aholi sanogʻi oʻtkazildi, aholi soni 409 kishini tashkil qildi. Ular 38 uyda yashashdi va uning 5 uyi daraxtdan, 33 uyi somon gʻishtdan qurulgan edi.

Oqtoʻbada birinchi maktab 1884-yil barpo etilddi. Birinchi „Triumf“ sinematogrofi 1910-yildan boshlab faoliyat yuritdi.

1901-yili birinchi marta Toshkent va Orenburgni Oqtoʻba orqali bogʻlovchi temir yoʻl qurulishi boshlandi.

Qozogʻistonning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Ferroqotishma va xrom birikmalari zavodlari, mashinasozlik (rentgen apparatlari va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari), yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht va sut kombinatlari, tegirmon, elevator, trikotaj, mebel va tikuvchilik fabrikalari), „Aktyubinskkimyoplastmass“ ishlab chiqarish birlashmasi bor. Qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi.[8]

  1. „Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам на 1 января 2014 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-fevral.
  2. Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  4. Указ Президента Республики Казахстан «О переименовании отдельных административно-территориальных единиц Жамбылской и Северо-Казахстанской областей и об изменении транскрипции названия города Актюбинска»
  5. „Где кончается Европа?“. Урал - граница Европы и Азии. Русское географическое общество. 2012-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-avgust.
  6. Численность населения РК по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на 1-01-2010, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
  7. Большая Российская энциклопедия: В 30 т. / Председатель науч.-ред. совета Ю. С. Осипов. Отв. ред С. Л. Кравец. Т. 1. А — Анкетирование. — М.: Большая Российская энциклопедия, 2005. — 766 с.: ил.: карт.
  8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil