[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Oqsil plastiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqsil plastiklar - xayvon yoki oʻsimlik oqsillaridan tayyorlangan plastmassalar. Asosan, sut oqsili (kazein). Makkajoʻxori doni, yer yongʻoq va soya donidagi oqsillar xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Oqsil plastiklar tarkibida oqsildan tashqari, plastifikatorlar, boʻyagichlar boʻladi. Oqsil plastiklardan koʻproq tarqalgani — galalit, asosan, tugma va toʻqa tayyorlashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil