[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

O. Henry

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O. Henry (taxallusi; asl nomi Uilyam Sidni Porter) (1862.2.9, Grinsboro yaqinida, Shimoliy Karolina —1910.5.6, Nyu-York) — amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar, felyetonlar yozishni mashq qilgan (1896-yil gacha), qamoqdaligida (1897—1901) yozgan hikoyalarini O. taxallusi bilan yashirin chop et-tirgan. 1904—10 yillarda 9 novellalar toʻplami („Yonayotgan sham“, „Gʻarb qalbi“, „Yoqimtoy oʻgʻri“ va boshqalar), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. „Kirollar va karam“ (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil topgan. O. amerika hikoyachiligining oʻziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning koʻp ishla-tilganligi, eng muximi, muallifning oddiy mehnatkash — „kichik inson“ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etish va boshqa O. hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi („Toʻrt million“, 1909). Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Gʻ. Gʻulom („Mening oʻgʻrigina bolam“), A. Qaxdor („Anor“) va boshqa oʻzbek hikoyachiligini O. ijodining ilgʻor tomonlari bilan boyitdilar[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil