[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Nyurnberg sud jarayoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nyurnberg sud jarayoni - asosiy natsist harbiy jinoyatchilar ustidan oʻtkazilgan sud jarayoni. Nyurnberg shahri (Germaniya)da 1945-yil 20-noyabr — 1946-yil 1-oktabrda boʻlib oʻtgan. Fashistlar Germaniyasining oliy davlat va harbiy arboblari javobgarlikka tortilgan. Nyurnberg sud jarayonida natsional-sotsialistlar partiyasining rahbar tarkibi va bu partiyaning sokchi otryadlari (SS), xavfsizlik xizmati (SD), davlat maxfiy politsiyasi (gestapo) jinoyatchi deb topilgan. 12 kishi (G. Gering, E. Kaltenbrunner, A. Yodl va boshqalar) oʻlimga, 7 kishi uzok, muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Tarixda 1-marta Nyurnberg sud jarayonijda agressiya insoniyatga qarshi eng ogʻir jinoyat ekan-ligi eʼtirof etildi. Sud jarayonini ittifokchilar tomonidan tuzilgan Xalqaro harbiy tribunal amalga oshirdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil