[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Novaya Sibir orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Novaya sibir orollari (saxa.: Саҥа Сибиир арыылара)- Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari orasidagi arxipelag. Saxa (Yakutiya) tarkibida. Maydoni 38 ming km² ga yaqin. Novaya Sibir yoki Anju (29 ming km²), Lyaxov (6,1 ming km²), De-Long o.laridan iborat. Orollar mezozoy burmala-nishida paydo boʻlgan va asosan, paleozoy ohaktoshlari, mezozoy slanetslari, qumtoshlari va otqindi jinslardan tarkib topgan. Toʻrtlamchi davr allyuvial, koʻl-allyuvial, dengiz va muzlik yotqiziqlari keng tarqalgan. Relyefi, asosan, akkumulyativ tekislik, oʻrtacha bal. 60–80 m. Eng baland joyi 374 m (Kotelniy o.dagi Mala-katin-Tas togʻi).

Novaya Sibir orollario. iklimi nisbatan kontinen-tal Arktika sovuq iklimi. Qish 7—8 oy davom etadi, qor qoplami 9 oy erimay turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —28°dan —ZGgacha, iyulniki 1—3°. Yillik yogʻin 132 mm gacha. Yer osti (qazil-ma) muzliklari keng tarqalgan.

Tundra landshafti asosiy oʻrin tutadi. Shimol bugʻusi, boʻri, qutb tulkisi, oq ayiq, oq kaklik, lemming uchraydi. Dengizlarda morjlar, qoyali qirgʻoqlarda "qushlar bozori" bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil