[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Pirogov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Pirogov
Tavalludi 13 (25) noyabr 1810
Vafoti 23 noyabr (5-dekabr) 1881
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Nikolay Ivanovich Pirogov (1810.13.(25), 11. Moskva — 1881.23.11(5,12), hozirgi Vinnitsa yaqinida) — rus xirurgi va anatomi, pedagogi, jamoat arbobi; harbiy-dala xirurgiyasi va xirurgiyadagi anatomik-eksperimental yoʻnalish asoschisi. Peterburg Fanlar akademiyasi mux-bir aʼzosi (1847). Sevastopol mudofaasi (1854— 1855)ning, frans-prus (1870—71) va rus-turk (1877—1878) urushlarining qat-nashchisi. Ilk bor jang maydonida narkoz uchun efir ishlatib operatsiya qilgan (1847), qoʻzgʻalmas gips bogʻlov qoʻllagan, bir qator muhim operatsiyalar va xirurgik usullarni taklif etgan. Rossiyada plastik operatsiya, jahonda esa suyak plastikasi gʻoyasini birinchi boʻlib ilgari surgan; maorif soha-sida universitetlar avtonomiyasi, yalpi boshlangʻich taʼlim tarafdori boʻlgan. Vaboning patologik anatomiyasi boʻyicha qimmatli tadqiqotlar oʻtkazgan (1849). "Topografik anatomiya" atlasi (1—4 jildlar, 1859—1854) jahon miqyo-sida shuhrat qozongan[1].

  • Geselevich A. M., N. I. Pirogov, M., 1969.
  • As.: Sobr. soch., t. 1-8, M. 1957-62; Izbr. pedagogicheskiye sochineniya M., 1953.
  1. "PIROGOV Nikolay Ivanovich" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil