Neogegelchilik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Neogegelchilik (neo... va gegelchilik) — falsafiy oqim. 19-asroxiri va 20-asr boshlarida Germaniyada shakllanib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Neogegelchilar Gegel taʼlimotini yangicha izoxlab, shu asosda bir butun dunyoqarashni yaratishga urindilar. N. markazida tarix va madaniyat, davlat, huquq falsafasi masalalari yotadi; dialektik metod tafovutlarning eklektik sintezi, qarama-qarshiliklarni murosaga keltiruvchi omil sifatida talqin etiladi. N. turli mamla-katlarda turlicha shaklda namoyon boʻldi. N.ning namoyandalari: J. X. Stirling, E. Kerd, F. Bredli, B. Bozanket, J. E. MakTaggart, R. Kollingvud (Buyuk Britaniya), G. Bolland (Niderlandiya), B. Kroche, J. Jentile (Italiya), V. Dil-tey, R. Kroner (Germaniya), I. A. Ilin (Rossiya), J. Val, A. Kojev (Fransiya). Xalqaro "Gegelchilar ittifoqi" tuzilib (1930; markazi Niderlandiya), Gaagada (1930), Berlinda (1931), Rimda (1934) kongresslari boʻlgan. 1930-yillar oʻrtasida mustaqil falsafiy oqim sifatida barham topdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin "Gegelchilar ittifoqi"ni qayta tiklashga urinishlar hech qanday samara bermadi. Ammo N.ning baʼzi gʻoyalari hozirgi zamon faylasuflarining qarashlarida baʼzan koʻzga tashlanib turadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |