[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Nafosat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nafosat — goʻzallik turi. Narsa va hodisalarning tashqi koʻrinishi (shakli, rangi)dagi alohida mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi (Masalan, sportchi qiz yoki yigitning qaddi-qomati, turfa gullarning rangbarangligi). Kishilarning muomalasi, nutqi, akli, kiyinishiga nisbatan nafosat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan darak beradi. Nafosat badiiy adabiyotda voqelikdagi tabiatan nafis narsa va hodisalarning inʼi-kosi sifatida ifodalansa, sanʼatda, nimani aks ettirishidan qatʼi nazar, aks ettirish uslubining nihoyatda nozik ifodaliligida, ijro usulining alohida nafisligida yuzaga chiqadi. Haqiqiy nafsini soxta, yasama nafislikdan ajrata bilish lozim. Yuksak insoniy fazilatlarni, xalqchil gʻoya, ijtimoiy mazmunga ega boʻlgan va tabiat goʻzalligini aks ettirgan nafisligina haqiqiy hisoblanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil