[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Mototsikl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suzuki GS-500

Mototsikl (moto... - yun. syklos — doyra, gʻildirak) — ichki yonuv dvigateli bilan taʼminlangan 2 yoki 3 gʻildirakli transport vositasi. Ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan birinchi M.ni nemis ixtirochisi G. Daymler 1885-yil yasagan. Transport, sport va maxsus (oʻt oʻchirish, sanitariya, harbiy va boshqalar) M.lar bor. Asosiy qismlari: dvigatel, kuch uzatmasi (transmissiya), yurish qismi, elektr jihozlari tizimi, rul boshkarmasi, tormoz tizimi. M.ga 2 yoki 4 taktli karbyuratorli dvigatel oʻrnatiladi. Dvigatel tabiiy havo oqimi bilan (baʼzi M.lar, mas, sport M.larida suyuklik bilan) sovitiladi. Transport M.lariga oʻrnatiladigan 2 taktli dvigatelning litr quvvati 51,5— 98,2 kVt/l (70—130 o. k./l), 4 taktli dvigatelniki 37 — 66 kVt/l (50—90 o. k./l), sport M.lariniki 146—220 kVt/l (200—300 o. k./l). Transport M.larining tezligi 215 km/soat gacha, sport M.lariniki — 300 km/ soatgacha (rekord — 513 km/soat, 1978) yetadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil