[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Monogatari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monogatari — Xeyan davri yapon zodagon adabiyotida yaratilgan hikoyaviy nasrning asosiyjanri bo‘lib, yapon hikoyaviy nasrining ko‘rinishi hisoblanadi[1].

Ise haqidagi ertaklar(Ise monogatari)

„Monogatari“ janri xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya adabiy anʼanalari boy va uzoqtarixga ega. Yapon adabiyoti uzoq vaqt Xitoy adabiyoti taʼsiri ostida bo‘lgan va ko‘p asarlar aynan eski xitoy yozuvida yozilgan. IX asr o‘rtalarida bo‘g‘inli yozuv — kananing kashf qilinishi xitoy tili o‘rniga yapon tilida ijod qilish imkonini berdi. Aynan shu davr [[yapon adabiyoti]]da ona tilida yozilgan monogatari (物語, biror narsa haqidagi hikoya, qissa[2]) termini bilan belgilanuvchi — ilk hikoyaviyasarlar yaratildi. Keyinchalik bu adabiyotda „monogatari adabiyoti“ dek dunyoga tanilgan hodisa shakllandi. Monogatari keng qamrovli janr boʻlib, uni novella, qissa, ertak, afsona, roman,epos yoki epopeya deb atash mumkin. Monogatari adabiyoti anʼanasiga ko‘ra IXXV asrlarda yapon tilida yaratilgan nasrlar tegishlidir. Yevropa janrlar nomenklaturasi bo‘yicha bunday asarlar — roman yoki qissa, hikoya, novella, anekdot, epopeya deb yuritiladi[3]. Monogatari — yapon mumtoz qissasi, anʼanaviy yapon nasriy to’plamlari yoki boʻlmasam oʻzida sheʼrlarni ham jamlagan asar deyish mumkin. Keng maʼnoda aytganda monogatarini dunyodagi biron-bir janr yoki atama bilan izohlab boʻlmaydi. Yapon adabiyotida monogatari oʻz oʻrniga egadir. [[XI-XV asrlar]]da asosan bu janrga oid koʻpgina asarlar yaratilgan. Shu davr ichida, yaʼni, XXI asrlarda oʻzining eng choʻqqisiga erishib, dunyoga mashhur asarlar yaratilgan. XIII asrga kelib monogatariga oid 198 ta asarlar yozilgan boʻlsa, shulardan faqatgina 40 tasi bizgacha yetib kelgan. Monogatari nomini olgan birinchi asar „Taketori-monogatari“ (竹取物語) (IX asr) bo‘lib, u novellalar siklidan iborat. Bu novellalarning ko‘pchiligi buddaviylik va xitoy manbalaridan kelib chiqqan bo‘lib, ular oy qizi haqidagi qadimiy yapon afsonasi syujetiga qurilgan bir novella tarkibiga kiritilib bayon etiladi. Ikkinchi ilk monogatari „Ise monogatari“ (IX asr) bo‘lib, qisqa novellalar siklidan iborat. Eng so‘nggi monogatarilar orasidan eng eʼtiborli asar „Koke-goromo“dir (XIII asr). Hozirgi kunda monogatarilarga „mumtoz adabiy meros“ sifatida qaraladi. Yapon mumtoz adabiyoti va adabiyotshunosligining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki anʼanaviy adabiyotda qatʼiy belgilangan va chegaraga solingan janrlar strukturasi mavjud emas va odatda janrning aniqlovchisi sifatida asar nomining o‘zi xizmat qiladi, yaʼni asr nomining so‘nggida „monogatari“ (物語) yoki „nikki“ (日記) kabi so‘zlar uchrashi mumkin.

„Monogatari“ adabiyoti turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yapon adabiyotidagi janrlar tasnifi hali hanuz o‘zining aniq yechimiga ega emas. Yapon adabiyotshunoslari monogatarining bir necha turlarga boʻladilar. Bular tsukuri monogatari, uta monogatari, setsuva monogatari, rekishi monogatari, gunki monogatarilardir.

  1. Ивасита Мицуо, Курода Юко. Хэйан дзидай моногатари рон(Теоретическое исследование моногатари эпохи Хэйан). Токио, 1976 — 94-bet. 
  2. Yapon adabiyotshunoslari ta'kidlashlaricha, “monogatari” so’zining dastlabki ma’nosi hali oxirigacha aniqlanmagan.. Itoko. Qaraldi: 1984.
  3. Горегряд В.Н.. Японская литература VIII – ХVI вв. Начало и развитие традиций.. Санкт-Петербург, 1976 — 104-bet. 
  4. М.В.Торопыгина. Хрестоматия по истории японской литературе — 45-bet. 
  5. Ермакова JI.M. Ямато-моногатари как литературный памятник, 1982 — 21-bet. 
  6. Сэноо Ёсинобу. 平安ちょ歌物語の研究, 2000, Токио — 67-bet. 
  7. Горегляд В.Н.. Японская дневниковая и эссеистическая литература X - XIII вв, 1974. 
  8. Акияма Кэн. へいちゅう物語, 1954, Токио — 87-bet.