[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Mongoliya Xalq Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mongoliya Xalq Respublikasi
ᠪᠦᠭᠦᠳᠡ

ᠨᠠᠢᠢᠷᠠᠮᠳᠠᠬᠤᠮᠣᠩᠭᠣᠯ ᠠᠷᠠᠳ ᠤᠯᠤᠰ
Бүгд Найрамдах Монгол Ард Улс
Bügd Nairamdakh Mongol Ard Uls

ShiorОрон бүрийн пролетари нар нэгдэгтүн!
Oron büriin prolyetari nar negdegtün!
“Butun dunyo proletarlari birlashingiz!”

Madhiya: Монгол Интернационал
Mongol Intyernatsional
“Mongol Internatsionali”
(1924–1950)

Бүгд Найрамдах Монгол Ард Улсын сүлд дуулал
Bügd Nairamdakh Mongol Ard Ulsyn süld duulal
Mongoliya Xalq Respublikasi Davlat madhiyasi
(1950–1992)
Location of Mongoliya Xalq Respublikasi
Poytaxt Ulan-Bator
Rasmiy til(lar) Mongol tili
Din
Ateistik davlat (rasmiy)
Hukumat

Unitar
marksistik-leninistik bir partiyali sotsialistik respublika

(1924–1990)
Unitar
koʻppartiyaviy konstitutsiyaviy respublika
(1990–1992)
Davlat rahbari  
• 1924–1927 (birinchi)
Peljidiyn Gelden
• 1990–1992 (oxirgi)
Punsalmaagiyn Ochirbat
Hukumat rahbari  
• 1924–1928 (birinchi)
Balingiyn Tserendorj
• 1990–1992 (oxirgi)
Dashiyn Byambasüren
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Buyuk xalq hurali
• Yuqori palata
Davlat kichik hurali (1990–1992)
• Quyi palata
Kichik hural (prezidium; 1924–1951)
Tarixiy era Urushlararo davr Ikkinchi jahon urushi Sovuq urush
• Xalq inqilobi
1921-yil 1-mart
• 1924-yilgi konstitutsiya
1924-yil 29-noyabr
• Mustaqillik referendumi
1945-yil 20-oktyabr
• BMTga qabul qilingan
1961-yil 25-oktyabr
• Birinchi demokratik saylovlar
1990-yil 29-iyun
• Sotsialistik davlat tugatildi
1992-yil 12-fevral
Maydon
• Butun
1,564,116 km2
Aholi
• 1992-yilgi roʻyxat
2,318,000 kishi
HDI (1992) 0.560
medium
Pul birligi Tugrik (MNT)
Vaqt mintaqasi UTC+7/+8
• Yoz (DST)
UTC+8/+9
ISO 3166 kodi MN
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Mongoliya davlati
Mongoliya
Hozirda hududida quyidagilar mavjud Mongoliya

Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR; moʻgʻ.: Бүгд Найрамдах Монгол Ард Улс, БНМАУ, Bügd Nairamdakh Mongol Ard Uls) — Shimoli-sharqiy osiyoda, SSSR bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida joylashgan davlatdir. Maydoni 1 million 531 ming kvadrat kilometr. Aholisi 1 million kishi. Aholining asosiy qismini mo‘g‘ullar tashkil qiladi.

Mongoliya dengiz sathidan ancha baland, tog‘li va sahroli mamlakatdir. Uning past tekisliklari yo‘q. Okeandan uzoqda joylashganligi uchun nam havolar yetib kelmaydi, yog‘in miqdori kam. Yezda juda issiq, qishda sovuq bo‘ladi.

Mongoliya XVII asrdan XX asr boshigacha manjur bosqinchi qabilalarining, 1911-yildan 1921-yilgacha esa yapon-xitoy bosqinchilarining qo‘l ostida bo‘ldi. 1921-yilda Mongoliyada muvaqqat xalq hukumati tuzildi. 1924-yilda monarxiya tugatilib, Mongoliya Xalq Respublikasi deb eʼlon qilindi. Shundan keyin Mo‘g‘uliston demokratik taraqqiyot yo‘lidan borib, mamlakatdagi feodal qonunlarini tugatdi va kapitalistik mamlakatlarga qaramlikdan qutuldi. Kapitalistik davrni o‘z boshidan kechirmasdan to‘ppa-to‘g‘ri sotsialistik taraqqiyot yo‘liga kirgan.

Mo‘g‘ul xalqining mamlakatda sotsializm qurish uchun kurashida Sovet Ittifoqi juda katta va moliyaviy yordam berdi. SSSR bilan MXR o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro yordamlashish shartnomalari; iqtisodiy va madaniy hamkorlik haqidagi hujjatlar imzolangan.

Mamlakatda ishsizlik 90 foiz tugatildi. Ishlarning ish haqlari yil sayin oshib, turmush darajalari yaxshilandi.

MXR — agrar-industrial mamlakat edi. Asrlar mobaynida hukm surgan feodal tartiblar mamlakat xo‘jaligini tushkunlikka tushirgan edi. 1921-yilgi xalq inqilobidan keyingina xo‘jalik tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi.

MXR xo‘jaligi 2 sektordan sotsialistik sektor va mayda tovar xo‘jaligidan iborat edi: sotsialistik sektorga: yer, suv, o‘rmon, yer osti qazilma boyliklari, kon, fabrika, zavod, transport, aloqa ishlari, bank, yilqichilik, beda o‘rish stansiyalari, davlat xo‘jaliklari, yaʼni umumxalq, davlat mulki kirar edi. Shuningdek, kooperativ mulk matlubot kooperatsiyasi, qishloq xo‘jalik birlashmalari, savdo kooperatsiyasi ham sotsialistik sektorda edi.

Mayda tovar xo‘jaligi sektori asosan o‘rta hol chorvadorlar (aratlar)dan iborat bo‘lib, ular o‘z mehnati bilan kun kechirar edilar.

Mamlakat aholisining 75 foizi qishloq xo‘jaligida band edi. Qishloq xo‘jaligining eng asosiy tarmog‘i chorvachilik edi.

Mongoliyada tog‘-kon sanoati rivojlanib, toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, marganes, qalayi, mis, oltin va tuz konlariga boydir. Barcha viloyat markazlarida elektrostansiyalar bor boʻlgan. Ulan-Batorda charm buyumlar, poyafzal va yung mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik sanoat kombinatlari bor edi. Cho‘yan eritish va mexanika zavodi mavjud edi. Shuningdek, shaharda oziq-ovqat sanoati ham rivojlandi. Jun tozalash korxonalari, kun zavodlari, go‘sht kombinatlari, 300 ga yaqin yogʻ zavodi va 1500 ta separator punktlari ishlab turgan.

Chetga chorva mollari, go‘sht, jun, mol yog‘i va mo‘yna chiqarar edi. Chetdan avtomashinalar, qishloq xo‘jalik mashinalari, turli sanoat uskunalari va dori-darmon keltirar edi.

O‘qish yoshidagi barcha bolalar boshlang‘ich va o‘rta maktablarga jalb qilingan edi. Mamlakatda 15 texnikum, 4 oliy o‘quv yurti va Ulan-Batorda esa davlat universiteti bor boʻlgan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mongoliya Xalq Respublikasi sotsialistik davlat bo‘lib, butun hokimiyat dehqon qatlami qoʻlida edi.

Davlat hokimiyatining yuqori organi Buyuk xalq xurali. Oliy ijroiya organi Vazirlar Kengashidir.

Mongoliya xalq inqilobiy partiyasi ishchilarning ilg‘or va yo‘lboshchi otryadidir.

MXR 15 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. 1961-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilingan[1].

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 180--bet.