[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Miskolc

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mishkols — Vengriyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Shayo daryosi boʻyida, Byukk togʻi etaklarida joylashgan. Borshod-Abauy-Zemplen medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 178 ming kishi (1999). Ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrindagi (Budapeshtdan keyin) sanoat markazi. Qora metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, stanoksozlik, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, transport), sement, toʻqimachilik, oynashisha, tikuvchilik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Politexnika instituti, muzeylar, teatr bor. 13—16-asrlarda qurilgan meʼmoriy obidalari saqlangan. M. shahar yaqinidagi Lillafyured kurortlari bilan Byukk milliy bogʻi tarkibida. Shahar yaqinida qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil