[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Miliza Korjus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miliza Korjus
Tavalludi 18-avgust 1909-yil
Vafoti 26-avgust 1980-yil(1980-08-26)
(71 yoshda)
Culver City, Kaliforniya, AQSh
Kasbi aktrisa, opera qoʻshiqchisi
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR Estoniya bayrogʻi Estoniya Olmoniya bayrogʻi Olmoniya AQSH bayrogʻi AQSh
Veb-sayt korjus.x10host.com

Miliza Elizabeth Korjus (talaffuzi: Milisa Elizabet Koryus; 1909-yil 18-avgust – 1980-yil 26-avgust) – Boltiqboʻyidan boʻlgan opera qoʻshiqchisi (koloratura soprano) va aktrisa, Amerikaning „The Great Waltz("Katta vals",1938) musiqiy filmida Carla Donner rolini ijro etgan. Bu roli uchun Oskar mukofotiga nomzod boʻlgan.

Miliza Korjus Varshavada kadet korpusi ofitseri estoniyalik Artur Christian Korjus oilasida tugʻilgan[1]. Onasi Anna Gintowt qadimiy litvalik dvoryanlar oilasi Gintowt-Dziewałtowskidan boʻlgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, serbcha ismi Milisa buyuk knyaginya Milica Petrović-Njegoš sharafiga qoʻyilgan. Birinchi jahon urushi paytida korpus Moskvaga koʻchiriladi, u yerda Emiliya (Moskvada unga berilgan ismi[2]) Yelizaveta gimnaziyasiga oʻqishga kiradi[3] .

Kiyevdagi hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota-onasi ajrashgandan soʻng, 1918-yilda onasi va opa-singillari bilan Kiyevga koʻchib oʻtadi[4], u yerda musiqa maktabida oʻqiydi va katta opasi Nina bilan cherkov xorida kuylagan. 1927-yil boshidan SSSR boʻylab gastrollarda boʻlgan „Dumka“ ukrain kapellasini solisti boʻlgan. Otasi uning ijodiy muvaffaqiyati va musiqiy taʼlimini davom ettirish uchun moliyaviy ahvoli haqida bilganidan keyin uni oʻzi bilan Estoniyada birgalikda yashashga taklif qiladi.

Tallindagi hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yil iyun oyida Emiliya „Dumka“ kapellasi bilan Leningraddagi gastrolda edi, soʻngra Estoniya chegarasini kesib oʻtishiga muvaffaq boʻlib, otasi va ukasi bilan uchrashadi. Otasi Estoniya armiyasi shtab boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. Otasining aloqalari tufayli boʻlajak yulduz Sovet Rossiyasidan koʻchib ketgan rus musiqachilari va oʻqituvchilari V. A. Malama va S. I. Mamontovlardan vokal oʻrganishni boshlaydi. Tartu va Tallin sahnalarida chiqish qiladi (uning sahnadagi sheriklaridan biri Georg Otsning otasi Karl Ots boʻlgan), ammo Estoniya musiqiy elitasi endigina boshlgan qoʻshiqchini qabul qilmagan. Biroq koʻp yillar oʻtgach, 1970-yilda SSSRda chiqarilgan gramplastinkalardan biri uning qoʻshiqlari bilan (D 27189-90) „Mashhur estoniyalik vokalchilar“ (estoncha: Eesti väljapaistvaid lauljaid) seriyasi ostida chiqqan[5].

„Berlin bulbuli“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1929-yilda Miliza Korjus nemis fizigi, fanlar doktori Kuno Foelschga turmushga chiqadi[6] va u bilan Germaniyada yashay boshlaydi. 1932-yil noyabrda ularning qizi Melissa tugʻildi (uni tugʻish uchun Miliza qisqa vaqtga Tallinga qaytib keladi). Aktrisa debyutini Magdeburg operasida, soʻngra Vena va Berlin operalarida[4] muvaffaqiyatli chiqishlar qiladi, oxirgi operada uzilishlar bilan 1937-yilgacha chiqish qilgan va „Berlin bulbuli“ laqabini olgandi. Bu yerda uni 1936-yilda prodyuser Irving Thalberg payqab qoladi va uni Gollivudda kinolarda suratga tushish hamda oʻn yillik shartnoma tuzishni taklif qiladi. Miliza qizi bilan Gollivudga boradi, ammo Thalbergning toʻsatdan vafoti tufayli yana otga qaytishga majbur boʻladi[7]. Biroz vaqt oʻtgach, uni yana Gollivudga taklif qilishadi va sinovlarisiz „Katta vals“ filmida suratga olishni boshlaydilar[8],

„Katta vals“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miliza eri va qizi bilan Germaniyani tark etadi va shundan beri AQShda yashab kelgan. Miliza Korjusning filmdagi debyuti 1935-yilda Berlin kinostudiyasining „Pragalik talaba“ filmida boʻlib oʻtgan, unda uning „Warum?“ vokal qoʻshigiʻ ham yozib olinadi. „Katta vals“ filmida Vena operasining primadonnasi Carla Donner rolini oʻynagan. Film 1938-yilda chiqarilgan va butun dunyoda katta muvaffaqiyat qozongan. 1938-yildan 1940-yilgacha Metropolitan operasining yetakchi solisti boʻlgan. Koʻp gastrollarda qatnashgan. „Sandor Rozsa (qurollar va skripkalar)“ filmida rol oʻynash uchun opera sahnasini bir muddat tark etadi, ammo suratga olish boshlanishidan 2 hafta oldin 1940-yil 28-mayda Meksikada Miliza Korjus avtohalokatga uchradi va oyogʻini sindirib oladi, oyogʻi amputatsiya qilinishiga bir bahya qolgandi. Shu sababli sahnadagi faoliyatini erta tugatishga majbur boʻladi. 1941—1944-yillarda Meksikada yashagan. Davolanishdan soʻng „Imperiya ritsari“ („Caballería del Imperio“, 1942) filmida rol oʻynaydi, ammo uning kino faoliyatidagi choʻqqisi Carla Donner roli boʻlib qoladi. 1944-yildan AQShda Los-Anjelesning Culver City chekkasida yashagan. Qizi Melissa, oʻgʻillari Richard va Ernestni tarbiyalash bilan shugʻullangan, vaqti-vaqti bilan AQSh hamda Kanadada yakkaxon konsertlar bergan. 1944-yildan boshlab Kuno Foelschdan alohida yashagan. 1952-yilda ikkinchi marta Walter Shectorga turmushga chiqadi. Culver Cityda 72 yoshida vafot etadi. Los-Anjeles yaqinidagi Westwood qabristoniga dafn qilingan[4].

Miliza Korjusning onasi va singlisi Tamara Leningrad qamalida halok boʻlishgan. Katta opasi Nina Kiyevda qoladi. Cherkov xorida qoʻshiq aytib, Avliyo Nikolay cherkovi xorining regenti boʻlgan. Lukyanovka qabristoniga dafn qilingan. Kichik ukasi Nikolay otasi bilan Tallinda yashash uchun qoladi va 1936-yilda vafot etgan (tasdiqlanmagan manbalarda Norillagda halok boʻlgan). Birinchi eri fizik Kuno Foelsch. Ikkinchi eri shifokor Walter Shector. Aktrisaning qizi Melissa F. Wells diplomat, BMT Bosh kotibi oʻrinbosari (1993—1994), 1998—2001-yillarda AQShning Estoniyadagi elchisi, AQShning Zair va boshqa mamlakatla

rdagi elchisi boʻlgan. Oʻgʻillari Richard va Ernest hozirda AQShda istiqomat qilishadi.

  1. Bolshoy vals / The Great Waltz // Na Zavalinke
  2. Milisa ismi pravoslavcha ism, chunki Chernogoriya knyaginyasi Milisa Nikolayevna pravoslav boʻlgan.
  3. Hozirda № 330-oʻrta maktab
  4. 4,0 4,1 4,2 Kutsch, K. J.; Riemens, Leo. Korjus, Miliza, 4th (de), De Gruyter, 2012 — 2461–2462-bet. ISBN 978-3-59-844088-5. 
  5. „Каталог советских пластинок“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-sentyabr.
  6. „Miliza Korjus - Official Site“. www.korjus.x10host.com. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-may.
  7. Passenger list March 1936 „Ancestry.com“. Ancestry.com.
  8. „Estelle Liebling Dies Here at 90; Was a Leading Operatic Coach“. The New York Times (1970-yil 26-sentyabr).