Messina
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Messina — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya orolning shimoli-sharqiy sohilida. Messina provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 236,6 ming kishi (2001). Messina iqtisodiy ahamiyati boʻyicha orolda 2-oʻrindagi shahar. Transport yoʻli paromi orqali Apennin yarim orol sohilidagi shaharlar bilan bogʻlangan. Kimyo, oziqovqat, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Universitet (1548), dengiz biologiyasi instituti, botanika bogʻi, muzey bor. Messinada tez-tez zilzila boʻlib turadi, eng kuchlisi 1908-yilda boʻlgan. Harbiy dengiz bazasi. Meʼmoriy yodgorliklardan 12—16-asrlarda qurilgan cher-kov, sobor, favvoralar saqlangan. Shaharga miloddan avvalgi 730 yilda asos solingan. Miloddan avvalgi 493 yilgacha Zankla, oʻsha yildan Messina deb atalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |