Marna
Qiyofa
Marna | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 514 |
Suv sarfi | 100 m³/s |
Davlat | Fransiya |
Marna |
Marna (fransuzcha: Marne) — Fransiya shimolidagi daryo, Sena daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 525 km, havzasining maydoni 12,7 ming km². Langr platosidan boshlanib, Parij havzasi boʻylab oqadi va Parij shahri yaqinida Sena daryosiga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 100 m³/sek. Asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi. Qishda toʻlib oqadi (suv sathi 4–5 m gacha koʻtariladi). Kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn va Sena daryolari havzasi bilan bogʻlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |