[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Manzara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manzara janrida togʻ u dengizlar tasvirlanadiManzara, peyzaj — tasviriy sanʼ-o/yaning tabiat koʻrinishini aks ettiradigan janri va shu janrda yaratilgan sanʼat asari. M.da shahar koʻrinishi yoki meʼmoriy majmualar (meʼmoriy M.), dengiz koʻrinishlari (marina) va hokazo ham tasvirlanadi. Atrof muhitni tasvirlayotgan rassom unda oʻzi va zamondoshlarining tabi-atga munosabatlarini ifoda etadi, shu jihatdan yaratilayotgan asar his-tuygʻu va gʻoyaviy mazmunga ega boʻlib, muhim ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan atrof dunyoni maʼnaviy (qisman amaliy) oʻzlashtirishning turli tomon va darajalarini aks ettirgan M. oʻzida katta maʼno tashiydi. Tabiat tasvirlari tabiat, uning qonuniyatlari haqidagi tasavvurlar (olam gumbazi, oy, quyosh, yulduzlar, dunyo mamlakatlarining shartli belgilari) yuzaga kelgan payt (neolit)dan oʻz ifodasini topgan. Qad. Sharq madaniyatida tabi-atni yaxlit holda koʻproq aniq xususi-yatlarga ega boʻla boshlagan hodisalar muhiti degan tasavvur shakllangan. Miloddan avvalgi 16—15-asrlar Qad. Sharq(Bobil, Ossuriya, Misr) devoriy rasmlari va boʻrtma tasvirlaridagi jang , ov va boshqa lavhalarda M.ning ayrim boʻlaklari mavjud. Misr devoriy rasmlari va boʻrtma tasvir (relyef)larida ilk bor bezaklar ritmi orqali hayvonot, oʻsimlik va tabiiy hodisalarning ishonarli taʼsirchan birligiga erishilgan. Yunon sanʼatida, odatda, M. tarkibiy qismlarini inson tasviridan ajratib boʻlmaydi. Yevropa oʻrta asrlar sanʼatida M. (ayniqsa, shahar va alohida bino koʻrinishlarida), odatda, voqea sodir boʻlayotgan joyning fazoviy qurilishini anikdash vositasi sifatida xizmat qilgan. Musulmon Sharqi mamlakatlarida 13—14-asrlardan kitob miniatyuralarida M.ga koʻproq oʻrin berilgan: yashnab turuvchi sof boʻyogʻi va gilamday tekis sathli kom-pozitsiyasi, sehrli bogʻ tasavvurini yaratuvchi tabiati, har bir boʻlak joʻshqin koʻtarinkiligi bilan diqqatga sazovor. Hindiston (ayniqsa, Boburiylar davri miniatyura maktabi asarlarida), Hindixitoy, Indoneziya (afsonaviy va epik mavzudagi relyeflaridagi tropik oʻrmonlar obrazi) oʻrta asrlar sanʼatida landshaft detallari, ayniqsa, joʻshqin qudratga ega. M. mustaqil janr sifatida Xitoyning oʻrta asrlar tasviriy sanʼatida oʻta muhim oʻrin tutadi. M.ga tabiatnint doimo yangilanib turuvchi olam qonunining koʻrgazmali umumlashmasi sifatida qaralgan (bu "togʻlar — suvlar" M. turida oʻz ifodasini topgan). Yaponiya sanʼati (12—13-asrlar)da M. bezak sanʼatida bezakdagi eng muhim ohanglarni alohida ajratib olishga moyilligi bilan diqqatga sazovor. Gʻarbiy Yevropa sanʼatida M.ga asar ruhiy olamining muhim qismi sifatida qaralgan. Shartli zamin (tilla yoki naqshli) M. bilan almasha borgan (italyan Jotto, A. Lorensetti, 13—14-asrlar; niderland aka-ukalar X. va Ya. Van Eyk, 15-asr 1-yarmi va boshqalar). Uygʻonish davri rassomlari chizgi va etyudlarida olam haqidagi ratsional qonunlarga amal qilib, M.ga real voqealar muhiti sifatida qaraganlar (italyan Leonardo da Vinchi, J. Bellini, Titsian; nemis A. Dyurer, M. Nithardt va boshqalar), ayni shu davrda M.ning alohida janr sifatida shakllanishiga (avvalo grafikada) zamin yaratildi.

19-asr rus M. janrida romantik anʼanalar yetakchi rol oʻynagan boʻlsa (F. Matveyev, M. Vorobyev, I. Ayvazovskiy), 19-asr 2-yarmida peredvijniklar harakati bilan bogʻliq realistik M. janri gurkirab oʻsdi (I. Shishkin, A. Savrasov, I. Levitan va boshqalar).

20-asrda Yevropa va Amerikada texnika olamini tabiatga qarshi qoʻyuvchi industrial M. keng tarqaldi. Realistik M. ham jadal rivojlandi, unda goʻzal tabiat oʻziday tabiiyligicha tasvirlanadi.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xududida oʻrta asrlar sanʼatida musulmon Sharqi mamlakatlarida boʻlgani kabi naqsh — bezak asosiy oʻrinni egallagan. Girih, islimiy naqshlarda uslublashtirilgan oʻsimlik boʻlaklari koʻp ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda shakllangan miniatyura maktablari vakillari qoʻlyozma kitoblarga ishlagan rayem va bezaklar boʻyoqlarining uygʻunligi, zamin sifatida M. va meʼmorlikka eʼti-borning kuchliligi bilan diqqatga sazovor. Oʻrta Sharq sanʼati, jumladan, Hirot, Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼatida M. yuksak darajada namoyon boʻlgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning moʻʼjaz asarlarida M., tabiat koʻrinishi mahorat bilan ishlangan. Uning davomchilari Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy va boshqa ijodida ham M. koʻrinishlari muhim oʻrin egallaydi.

Oʻzbek M. janrining haqiqiy rivojlanishi 20-asrga toʻgʻri keladi. Shu davrda dastgoh sanʼatida M.ning nodir namunalari yaratildi. P. Benkov, Oʻ. Tansiqboyev, N. Karaxan, R. Temurov, R. Ahmedov, N. Qoʻziboyev, A. Mirsoatov va boshqa bu sohada samarali ijod qildilar va oʻzbek tasviriy sanʼatida M. janri rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

Neʼmat Abdullayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil