Maishiy janr
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Maishiy janr - tasviriy sanʼatning kundalik ijtimoiy va shahsiy qayotni, maishiy turmushni aks ettiradigan janri. Turmushda koʻzga tashlanaligan oʻzaro munosabatlar va xattiharakatlarni, uning imki mohi-yati va ijtimoiytarixiy mazmunini chuqur ochib berish kabi xususiyatlarga ega. Demokratik va realistik badiiy anʼanalarning oʻsishi, rassomlarning xalq hayoti va mehnat faoliyatini atroflicha tasvirlashga qiziqishining ortishi bilan bogliq holda rivojlandi. Maishiy janrda rangtasvir (kartina) yetakchi oʻrin tutadi, grafika, kichik hajmdagi haykaltaroshlikda ham maishiy mavzu keng tarqalgan.
Maishiy lavhalar ibtidoiy sanʼat (ov manzaralari, urf-odatlar tasvirlari), Sharq (devoriy rasmlar va relyeflar) va Yunon (vazalar bezagi) sanʼ-atila koʻp uchraydi, ellinizm sanʼatila muhim oʻrin zgallagan. Dastlabki namunalari Qad. Sharq (Xitoy, key-inroq Koreya, Yaponiya)da yaratilli. Uygonish davrida Maishiy janr real voqealar, maishiy detallar bilan boyitildi. Oʻrta asrlarda ham Yevropa, ham Osiyoda devoriy rasmlar, boʻrtma naqshlar, miniatyurala keng tarqaldi, Sharkda va Yevropada saiʼatning maxsus janri sifatida namoyon boʻldi.
Maishiy janrda 17-asrdan maishiy hayot ijtimoiy mazmunga ega boʻldi, hajviy, ijtimoiy tanqidiy yoʻnalish yuzaga keldi, emotsional nafislik, psixologik noziklik va oʻtkir xayotiy kuzatishlar oʻz aksini topdi. Jaxrn rassomlari Jotto, Rembrandt, U. Xogart, A. Vatto. F. Goyya, P. P. Rubens, V. G. Perov, I. Ye. Repin, V. Ye. Makovskiy, A. A. Deyneka kabilarning M. jlagi yetuk sanʼat asarlari mashhur.
Oʻzbekiston hududida Maishiy janr devoriy rasmlarda va miniatyuralyarpya oʻz ifodasini topgan. 20-asrda rassomlardan B. Hamdamiy, L. Abdullayev, 3. Inogomov, M. Saidov va boshqa, amaliy sanʼat ustal ari A. Muxtorov, Sh. Moʻminova va boshqa maishiy mavzuda asarlar yaratdilar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |