Ludlov yarusi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ludlov yarusi, Ludlou (Angliyadagi Shropshir grafligining Ludlou qishlogʻi nomidan) — silur davrining pastdan uchinchi yarusi. 1833-yilda ingliz olimi R. Murchison tomonidan aniqlangan. Ludlov yarusi (pastdan yuqoriga qarab) elton, brinjvud, leyntvardin va uaytklif qatlamlariga boʻlinadi. Koʻpincha, bentosli fauna bilan tavsiflanib, 4 graptolitli zona ("Monograptus nissoni", "M. Scanius" "M. tumescens" va "M. leitwardinensis") ga mos keladi. Bu zonalar jinslaridan faptolitlar, kovakichlilar, yelkaoyoklilar va boshqa hayvon qoddiqpari topilgan. Ludlov yarusiga taallukdi togʻ jinslari, asosan, Rossiya Federatsiyasi (Novaya Zemlya, Ural, Oltoy, Tuva), Qozogʻiston, Boltiqboʻyi, Ukrainaning jan.-gʻarbida, Oʻrta Osiyoda bor. Oʻzbekistonda Turkiston, Olay, Qurama, Hisor, Chatqol togʻlarida uchraydi. Ludlov yarusining umumiy qalinligi 450 m boʻlib, ohaktosh, slanets, otqindi togʻ jinslaridan tuzilgan. Ushbu yarus jinslarida simob, mis kolchedani va boshqa foydali qazilmalar mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |