[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Louis Nirenberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Louis Nirenberg
Tavalludi 28-fevral 1925-yil (1925-02-28) (99 yosh)
Hamilton, Kanada
Vafoti 26-yanvar 2020[1]
Istiqomat joylari AQSh
Fuqaroligi Kanada
AQSh
Ish joylari New York universiteti
Akademik rahbarlari James Stoker
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Qisman differensial tenglamalar
Gagliardo–Nirenberg interpolyatsiya tengsizligi
Gagliardo–Nirenberg–Sobolev tengsizligi
Cheklangan oʻrta qiymat tebranishi (John-Nirenberg maydoni)
Mukofotlari Bôcher Memorial mukofoti (1959)[2]
Crafoord mukofoti (1982)
Steele mukofoti (1994, 2014)[3]
Milliy fan medali (1995)
Chern medali (2010)[4]
Abel mukofoti (2015)

Louis Nirenberg (talaffuzi: Luis Nirenberg) (1925-yil 28-fevralda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Nirenberg qisman differensial tenglamalar nazariyasiga, xususan, bunday tenglamarning kompleks tahlil va geometriyada tatbiq qilinishiga salmoqli hissa qoʻshgan[5]. Nirenberg 20-asrning eng iqtidorli matematiklaridan biri hosoblanadi[6][7]. Olim 2015-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[8].

Nirenberg Kanadaning Hamilton shahrida tugʻilgan, Montreal shahrida ulgʻaygan. Nirenberg 1945-yili McGill universitetida fizika va matematika fanlaridan bakalavr darajasini olgan. 1949-yil New York universitetida James Stoker rahbarligida PhD darajasini olgan. Shuningdek, unga 2010-yilda Britaniya Columbiasi universitetidan faxriy fan doktori ilmiy darajasi berilgan.

Nirenberg Gagliardo–Nirenberg interpolatsiya tenglamasi muallifi oʻlaroq tanilgan boʻlib, ushbu tengsizlik elliptik qisman differensial tenglamalarni yechishda qoʻl keladi. Olim, shuningdek, John-Nirenberg maydoni oʻlaroq maʼlum boʻlgan cheklangan oʻrta qiymat tebranishi funksiyalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Bu funksiyalardan elastik materiallar xususiyatlarini hamda qimor oʻyinlari natijalarini oʻrganishda qoʻllanadi.

  1. (unspecified title)
  2. „Browse Prizes and Awards“ (en). American Mathematical Society. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  3. 1994 Steele Prizes. Notices Amer. Math. Soc. 41 (1994), no. 8, 905–912.
  4. 2010 Chern Medal awarded. Notices Amer. Math. Soc. 57 (2010), no. 11, 1472–1474.
  5. Yau, Shing-Tung. Perspectives on geometric analysis. Surveys in differential geometry. Vol. X, 275–379, Surv. Differ. Geom., 10, Int. Press, Somerville, MA, 2006.
  6. Allyn Jackson (March 2002). "Interview with Louis Nirenberg". Notices of the AMS 49 (4): 441–449. Archived from the original on 2016-03-03. https://web.archive.org/web/20160303212239/http://www.mat.ucm.es/~ln06/nirenberg/interview.pdf. Qaraldi: 26 March 2015. Louis Nirenberg]]
  7. Caffarelli, Luis A.; Li, YanYan. Preface [Dedicated to Louis Nirenberg on the occasion of his 85th birthday. Part I]. Discrete Contin. Dyn. Syst. 28 (2010), no. 2, i–ii. doi:10.3934/dcds.2010.28.2i
  8. „2015: John F. Nash and Louis Nirenberg“. The Norwegian Academy of Science and Letters. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.