Liu Yang
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Liu Yang | ||
Tavallud sanasi | 17-iyun 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Qingdao, Shandong, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shandong Taishan | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2010—2015 | Shandong Luneng | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2015 | Sintrense | 2 | (0) |
2015 | Cova da Piedade | 1 | (0) |
2015—2016 | Oriental Dragon | 0 | (0) |
2015—2016 | → Cova da Piedade (Ijara) | 6 | (0) |
2016 | Shandong Luneng | 78 | (2) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2017—2018 | Xitoy U-23 | 14 | (1) |
2018 | Xitoy | 14 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (29-dekabr 2021-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-mart 2022-yil uchun) |
Liu Yang (talaffuzi: Lu Yang) (1995-yil 17-iyunda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda Liu Xitoy Superligasi vakili Shandong Luneng Taishanning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan va u yerda oʻz pozitsiyasini himoyachiga aylantirgan[1]. 2014-yilda u Portugaliyaga malaka oshirish uchun yuborilgan[2]. U 2014-yilning yozida Portugaliyaning „Sintrense“ jamoasiga kelib qoʻshilgan. 2014-yil 12-oktyabrda u kattalar safida debyutini safarda „Sakavenense“ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan va 72-daqiqada Romario oʻrniga zahiradan maydonga tushgan[3]. Liu 2015-yilning 1-fevralida Portugaliyaning boshqa Campeonato de Piedade klubiga oʻtgan. U 2015-yilning 24-mayida „Sacavenense“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan holda „Kova da Piedad“ safida debyut qilgan[4]. Liu 2015-16-yilgi mavsumda klub uchun oltita oʻyin oʻtkazgan, Cova da Piedade ligada birinchi oʻrinni egallagan va ikkinchi divizionga koʻtarilgan.
Liu Shandong Lunengga qaytgan va 2016-yilning iyul oyida murabbiy Feliks Magat tomonidan asosiy jamoaga jalb qilingan[5]. U Magat qoʻl ostida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan[1]. 2016-yilning 22-oktyabrida u „Shanhai SIPG“ga qarshi „Shandon“ safida debyut qilgan, u 70-daqiqada Song Long oʻrniga zahiradan maydonga tushgan[6]. 2018-yilgi mavsumda Liu asosan murabbiy Li Xiaopeng qoʻl ostida chap qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynagan[7]. 2018-yilning 25-sentyabrida u Xitoy FA kubogi-2018 yarim finalida Dalyan Yifangga qarshi uyinda oʻzining birinchi golini kiritgan[8]. U 2018-yil 2-noyabr kuni „Changchun Yatai“ darvozasiga ligadagi birinchi golini kiritgan va bu „Shandon“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan va jamoa 2019-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[9]. 2019-yilning yanvarida Liu klub bilan shartnomasini 2023-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[10].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liu Xitoy milliy terma jamoasiga ilk chaqiruvini bosh murabbiy Marselo Lippi tomonidan 2019-yilgi Osiyo Kubogi yigʻinida olgan[11]. 2018-yilning 24-dekabrida u xalqaro toifadagi debyutini Iroqqa qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan[12]. U 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritilgan[13] va Xitoy terma jamoasi safida turnirdagi barcha beshta oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Sintrense | 2014—2015 | Campeonato | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 2 | 0 | ||
Cova da Piedade | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||||
Cova da Piedade (Ijara) | 2015—2016 | 6 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 0 | |||
Shandong Luneng Taishan | 2016 | Xitoy Super Ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 1 | 0 | |
2017 | 6 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 0 | ||||
2018 | 14 | 1 | 5 | 1 | - | - | 19 | 2 | ||||
2019 | 25 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | - | 35 | 0 | |||
2020 | 14 | 0 | 5 | 1 | - | - | 19 | 1 | ||||
2021 | 18 | 1 | 7 | 2 | - | - | 25 | 3 | ||||
Jami | 78 | 2 | 21 | 4 | 6 | 0 | 0 | 0 | 105 | 6 | ||
Karyerada jami | 87 | 2 | 21 | 4 | 6 | 0 | 0 | 0 | 114 | 6 |
Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2018 | 2 | 0 |
2019 | 9 | 0 |
2020 | 0 | 0 |
2021 | 0 | 0 |
2022 | 3 | 0 |
Jami | 14 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cova da Piedade
- Campeonato de Portugal : 2015—2016
Shandong Luneng
- Xitoy Superligasi : 2021
- Xitoy FA kubogi : 2020[14] 2021
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „刘洋:未来要看自己而非政策 鲁能外援塔神最难防“ (xitoycha). Sina (20-fevral 2017-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
- ↑ „鲁能再送6小将出国锻炼 另一小将刘洋转会武汉“ (xitoycha). Sohu (31-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Sacavenense 1-2 Sintrense“ (portugalcha). zerozero (12-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Sacavenense 1-3 Cova da Piedade“ (portugalcha). zerozero (24-may 2015-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil.
- ↑ „鲁能调整一线队名单 预备队金靴等四人被撤下“ (xitoycha). Tencent (16-iyul 2016-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil.
- ↑ „中超-埃神2球胡尔克进球+伤退 上港主场4-1鲁能“ (xitoycha). Netease (22-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil.
- ↑ „多面手+攻防俱佳!刘洋入选国足因2点 为未来做准备“ (xitoycha). Sina (12-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
- ↑ „足协杯-刘洋金敬道破门 鲁能总分4-0一方进决赛“ (xitoycha). Sina (25-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
- ↑ „中超-鲁能2-0亚泰锁定亚冠席位 刘洋处子球吉尔建功“ (xitoycha). Tencent (2-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
- ↑ „鲁能已与两国脚在内6人续约 两天后同梅州客家热身“ (xitoycha). Sina (28-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2019-yil.
- ↑ „国足西亚集训名单:曾诚张修维落选 四门将在列“. Sina (17-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2018-yil.
- ↑ „国足热身暴露防守端短板 提前演练郑智缺阵方案“. Sina (24-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2018-yil.
- ↑ „国足亚洲杯名单初步敲定:郭全博留队,张鹭替补“ (xitoycha). Sina Sports (27-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2019-yil.
- ↑ „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“ (xitoycha). sports.sina.com.cn (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.